Markaziy Osiyoning G’arbiy hududida joylashgan Oltoy o’lkasida VI asrga kelib mintaqa tarixida muhim o’rin tutgan Turk xoqonligi tashkil topdi. Turk manbalarida turklar bir necha nomlar bilan atalgan bo‘lsada, ular bir biriga o‘xshashdir. Masalan: xitoylar tuszyuelar, mo‘g‘ullar tyurkyutlar deb, o‘zlari esa tyurk,so‘g‘dlar va forslar turklar deb atashgan. Bu atamalarning ma’nosi haqida olimlar turli xil fikrlar bildirishadi. Turk xoqoni Bo‘min telilarni o‘ziga bo‘ysundirganidan so‘ng kuchayib, turklarning ustidan ustunlik qilib turgan jujanlarga qarshi jang qilib, ularni tor-mor qildi va Mo‘g‘uliston va Oltoyda kuchli davlat tuzdilar. Bu davlat hududining kengayishi Bo‘minning vorislaridan bo‘lgan Mug‘anxon (553-72) davriga to‘g‘ri keldi. G‘arb uchun bo‘lgan yurishlarga uning akasi Istami boshchilik qilgan edi. 555 yilda u davlatning chegarasini g‘arbiy dengizgacha (Orol dengizi bo‘lishi mumkin) kengaytirdi.
Toshkent vohasidan ilk o’rta asrlarga mansub Mingo’rik, Yunusobod Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi sifatida Mingo’rik muhim ahamiyat kasb etgan. Ko’chmanchi aholi bilan munosabatlar bu yerning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Turar joylar katta-kichikligiga qarab farqlanadi.
Toshkent vohasidan ilk o’rta asrlarga mansub Mingo’rik, Yunusobod Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi sifatida Mingo’rik muhim ahamiyat kasb etgan. Ko’chmanchi aholi bilan munosabatlar bu yerning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Turar joylar katta-kichikligiga qarab farqlanadi.
Feodallarning turar joylaridan hokim qarorgohlaridan kichikroq Oqtepadagi uylar qurilishi jihatdan boshqa yerlardagi uylarga o’xshash. Mingo’rik arki va shahristoni 18 ga egallaydi. 200 m kv maydondan VІІ-VІІІ asrlariga oid saroy va ibodatxona qoldiqlari topilgan. Devorlar paxsa va xom g’ishtdan qurilgan. Shosh O’rta Osiyoning boshqa yerlari bilan savdo aloqalarini olib borgan. Kultegin yodgorligida aytilishicha, "ular aholisini temir qopqagacha (kapek) joylashtirdi" deyiladi. Temir qopqa atamasi o‘rta asrlarda So‘g‘ddan Toharistonga elituvchi Boysun tog‘larida joylashgan tog‘ yo‘lidir. Turk xoqonligi bu o‘lkaga katta ahamiyat bergan .Chunki Taxariston eng chekachegarasidan bo‘lgan. Shuning uchun bu yerni ishonchli yabg‘ular bilan boshqargan.
Turklar qo‘shini Eron chegaralaridan g‘arbda Qora dengizgacha borib, Bosforni ham ishg‘ol qiladi va natijada Koreyadan Qora dengiz sohilla-rigacha bo‘lgan hududda turklar imperiyasi tashkil topadi. Oqibatda Xitoy turklarga qaram bo‘lib, katta soliq tulay boshlaydi, hatto o‘sha vaqtda ikki katta imperiya Eron va Vizantiya ham Turk xoqonligi oldida larzaga kela boshlaydi. Lekin ko‘p o‘tmasdan bu buyuk davlat ikkiga sharqiy va g‘arbiy xoqonlikga bo‘linadi, nihoyat 630-82 yillar oralig‘ida sharq xoqonligi tanaz¬zulga yuz tutadi 7-asr oxirida Xitoy bilan bo‘lgan jangda Sharqiy xoqonlik yana o‘zini tiklab oldingi kuch qudratiga ega bo‘ladi.