VIII asrda shaharlar odatda unchalik katta bo‘lmasdi. Masalan, Afrosiyob xarobalari 216 gektar atrofida bo‘lgan. Eski Poykent devorining umumiy uzunligi ikki kilometr atrofida, Chochdagi asosiy shahar Bankent chegarasi 5, Koson 2, Termizning umumiy doirasi 7-10 kilometr atrofida bo‘lgan. Savdo-sotiqda, xususan, Xitoy bilan munosabat yetakchi o‘rinni egallagan. Xoqon¬likda yashagan aholi asosan matodan, jundan va teridan kiyim kiyganlar. Erkaklar chakmon kiyib, sochlarini oldirib yurganlar, "xotinlar esa sochlarini boshlariga o‘rab, zargul solingan qora ro‘mol bilan bog‘lab yurar edilar", deb yozadi Syuan Szyan. Markaziy Osiyoda animizm ko‘pchilik turkiy xalqlar uchun umumiy din bo‘lgan. Turkiy xalqlar o‘zlaricha biror hayvonga topingan va uni o‘zining xudosi deb bilgan. VI-VII asrlarda turkiy xalqlar o‘rtasida buddizm, otashparastlik va xristian dini ham rivojlana bordi.

Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, VI-VII asrda turk xoqonligida tas-viriy san’at, haykaltaroshlik ancha keng tarqalgan edi. So‘g‘diyona, Fayoz¬tepa va Panjikent xarobalaridan topilgan naqshlar va suratlar bu fikrni yorqin ifoda etadi. Bu davrda kulolchilik san’ati ham rivoj topgan. Turli idishlar, uy-ro‘zg‘or anjomlari, hayvon, meva-cheva, odamlar tasviri bilan bezatilgan, sirtiga sirli shaffof mineral ishlatilganligi uchun ular yaltirab turardi. Turk xoqonligida yaratilgan moddiy-madaniy yodgorliklardan biri loydan yasalgan har xil tasvirdagi haykalchalardir. Bu haykalchalar ko‘lida kosa yoki qurol yarog‘ ushlab turgan kishi shaklida bo‘lib, odatda ular qo‘rg‘onga yoki marhumlar qabriga qo‘yilgan.