likning qabul qilingan o ‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o ‘lchash birligi. O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o ‘lchash natijalari o ‘zgartirilmasdan, to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mum kin. Shuning uchun keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika soha- sidagi mutaxassisliklarda o ‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi. 47
2.1-rasm. O‘lchash turlari. O ‘lchash - izlanayotgan kattalik haqida axborot qabul qilish va o ‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o ‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o ‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay shakldagi ifodasini ishlab chiqishdir. O ‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko‘ra aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. O ‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz (2.1-rasm). Bevosita o ‘lchash — o ‘lchanayotgan kattalikning qiymatini bevosita tajriba ma’lumotlaridan topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki chizg‘ich yordamida o ‘lchash: u = s • x, (2.9) bunda: u - muayyan birlikda ifodalanayotgan o ‘lchanayotgan katta likning qiymati; s - shkalaning bo‘lim qiymati; x - shkaladan olingan qaydnoma. Bilvosita o‘lchash — bevosita o ‘lchangan kattaliklar bilan o ‘lcha- nayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katta likning qiymatini topish. Masalan, tezlikni o ‘lchash: