0 ‘lchash zanjiri 0 ‘lchash mexanizmi a
Qayd etish qurilmasi 2.7-rasm. Analogli o ‘lchash asboblarining struktura sxemasi.
bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi
2.7-rasmda ko‘rsatilgan.
Bevosita k o‘rsatuvchi elektr o ‘lchash asboblari (xususan,
elektromexanik asboblar) ikki asosiy qismdan, ya’ni o ‘lchash zanjiri
va o ‘lchash mexanizmidan iborat, deb qarash mumkin.
O ‘lchash zanjiri o ‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish,
quvvat, chastota va hokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o ‘lchash
mexanizmiga ta’sir qiluvchi kattalikka o ‘zgartirib beradi.
O ‘lchash mexanizmi unga beriladigan elektr energiyasini qo‘z-
g‘aluvchan qism va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich harakatining
mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Elektromexanik o ‘lchash
mexanizmlari magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik,
induksion va elektrostatik mexanizmlardan iborat b o ‘ladi.
O ‘lchash asboblari qaysi tizimga taalluqli mexanizmdan iborat
b o ‘lishidan qat’i nazar, asbob q o ‘zg‘aluvchan qismining harakat-
lanishi elektromagnit maydon energiyasining o ‘zgarishiga bog‘liq.
O ‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil b o ‘lib, asbob ko‘rsat-
kichini ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi
moment deyilib, u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
M = dWe /da,
(2.14)
bunda:
We — elektromagnit maydon energiyasi;
a — asbob qo‘zg‘a-
luvchan qismining burilish burchagi.
Yuqoridagi ifodani boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
M = F(X1a),
(2.15)
ya’ni aylantiruvchi momentni o ‘lchanadigan kattalik va asbob
q o‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi funksiyasi deb qarash
mumkin. O‘lchash asbobining qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi
momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir etuvchi moment ham
ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment b o ‘lmaganda edi,
56
asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan b o ‘lar edi.
Aks ta’sir etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama-qarshi
yo‘nalgan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi katta-
lashishi bilan ortishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment