Birinchi bosqich — bemorlarni tekshirish. Bosqichning maqsadi bemorning ahvolini baholash, buning uchun bemordan axborot olish, ya'ni obyektiv va subyektiv ma'lumotlar to'plash. Agar bemor hushsiz bo'lsa (o'zi to'g'risida gapira olmasa), ma'lumotlar bemorning qarindoshlaridan yoki boshqa tibbiyot xodim-laridan olinadi. Ma'lumotlar kasallik tarixiga yozib qo'yiladi.
Ikkinchi bosqich— bemorning ehtiyojlari va muam-molaridan kelib chiqqan holda bemor ahvolini tashxislash. Bosqichning maqsadi: bemorda kasallik kelib chiqishiga sabab bo'lgan, mavjud va eng muhim muammolarni aniqlash va shu muammolarni keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabablarni o'rganish, muammolarni yengishda kasalning irodasi va organizmini, imkoniyatlarini belgilab olish. Muhim muammolar deb, hozircha mavjud boimagan, ammo vaqt o'tishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar tushuniladi. Masalan, bemor uzoq vaqt harakat qilmay yotishi oqibatida yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Shunday muhim muammoni hamshira oldindan ko'ra bilishi yoki sezishi kerak. Tekshirish natijasida bemorda bir vaqtning o'zida bir necha muammo aniqlanishi mumkin, bunday holatlarda hamshira muammolar yoki asoratlarning qaysi bin kasal hayotiga xavf solishi yoki ahvolini og'irlashtirishi mumkinligini bilib, birlamchi, oraliq va ikkilamchi muammolarni belgilab ish ko'rilishi kerak, chunki xavf soladigan muammolar birlamchi hisoblanib, kechiktirib bo'lmaydigan yordam talab qiladi. Oraliq muammolar uncha xavf tug'dirmaydi, unga hamshira yordami bir-oz kechiksa ham bo'ladi, ikkilamchi muammolaming kasallikka va uning rivojlanishiga bevosita aloqasi bo'lmaydi. Barcha muammolarni aniqlab hamshira tashxis qo'yishga kirishadi. Hamshira tashxisi — hamshiraning klinik mulohazalari bo'lib, bemor muammolaridan kelib chiqqan holda qo'yiladi, shu asosida parvarish rejasi har bir bemor uchun alohida tuziladi. Hamshira tashxisi uch tarkibiy qismdan iborat bo'lib, PES formulasigajamlanadi (Gordon, 1987). Bunda: P—muammo, E—muammoni keltirib chiqargan sabab, S—kasallik belgisi va simptomlaryig'indisi, ya'ni sindromlardir.
shifokor tashxisi kasallikni aniqlaydi, hamshira tashxisi esa kasallikka nisbatan ro'y bergan organizm reaksiyasini aniqlashga yo'naltiriladi;
shifokor tashxisi butun kasallikni davolash jarayonida o'zgarmay qolishi mumkin, hamshira tashxisi esa har kuni yoki bir necha bor, organizmning kasallikka nisbatan ko'rsatgan reaksiyasiga qarab, o'zgaraverishi mumkin;
shifokor tashxisi kasallikni shifokorlik amaliyoti darajasida davolashni ko'zda tutadi, hamshira tashxisi esa hamshiralik faoliyatidagi parvarishni nazarda tutadi;
shifokor tashxisi organizmdagi patofiziologik o'zgarishlarga bog'liq ravishda qo'yiladi, hamshira tashxisi esa o'z salomatligi borasidagi mulohazalarga asoslanadi. Hamshira tashxisi hamshiralik parvarishi rejasini tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.