5 8
hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini o‘z
tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Ame-
rika Qo‘shma Shtatlaridir. Iqtisodiy
jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan
ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda hayotni sug‘urta
qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta
xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800
ta kompaniya faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham
oldingi o‘rinlardadir. Masalan, «Prudenshial of Amerika»
kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992-yil boshida
mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi
o‘rinni egalladi.
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa
jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan
bir nechta
mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Yevropa Ittifoqining
sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta
faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori
tushuniladi.
Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug‘urta
bozorining xalqaro darajada muhim o‘rni bor va keyingi o‘n
yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida yetakchilik qilib
kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992-yili jahondagi eng
yirik 20 ta hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi
yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir.
Bu kompaniyalarning
moliyaviy salohiyati 869 mlrd dollar miqdorida baholangan.
Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta
turlariga qarab ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan
mamlakatlar amaliyotida sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi:
1) hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari bozori;
2) umumiy sug‘urta xizmatlari bozori.
Dostları ilə paylaş: