Sug‘urta mukofotlari
tushumining YAIMdagi
salmog‘i dinamikasi
6 0
Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta mukofotla-
rining qator mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i ham
turlichadir. Masalan, bunday holatni Osiyo mamlakatlari misolida
ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Janubiy Koreya va Yaponiyada
uning salmog‘i yalpi ichki mahsulot hajmida eng yuqori 12—15
foizlar atrofida bo‘lsa, ayrim (Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt,
Pokiston, Oman va boshqa) mamlakatlarda u 0,4—2,0 foizlar
darajasidadir.
Osiyoning ayrim mamlakatlarida sug‘urta faoliyati rivojlani-
shi ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, hayot
sug‘urtasi bo‘yicha mukofotlarning eng yuqori o‘sishi Xitoy
(12,8%) va Janubiy Koreya (12,1%) kabi mamlakatlar hisobiga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hayot sug‘urtasidan boshqa sug‘urta bo‘yicha
mukofotlarning o‘rtacha o‘sishi Xitoy (25,1%), Indoneziya
(18,5%), Malayziya (14,0%), Tayvan (12,7%) kabi davlatlarda
birmuncha yuqori bo‘lganligi kuzatildi.
Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, AQSH, Germaniya,
Kanada kabi davlatlarda sug‘urta faoliyatining rivojlanish
ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lib, sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki
mahsulotdagi salmog‘i o‘rtacha 6,2—11,3 foiz darajasida bo‘lsa,
ayni vaqtda Polsha, Italiya, Vengriya, Chili, Chexiya, Braziliya,
Rossiya kabi davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,3—5,6 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik sug‘urta
mukofotlari (AQSH dollari hisobida) Shveysariyada 2894,5;
1-diagramma
Sug‘urta mukofotlarining
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.
6 1
AQSHda 2280,0 dollar miqdorida bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Polshada
eng past, ya’ni 5,5 dollar darajasida bo‘lganligini qayd etish lozim.
Dunyo hududlari bo‘yicha undirilgan sug‘urta mukofotlar
ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, keyingi
yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ular barqaror o‘sish
an’anasiga ega bo‘lgan. Boshqa hududlarda, xususan, Osiyoda
jamlangan sug‘urta mukofotlari hajmi nisbatan barqaror
bo‘lmagan.
Sug‘urta mukofotlari undirilishiga ko‘ra, xalqaro sug‘urta
bozoridagi ulush ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH (32,35%), Yapo-
niya (23,0%), Buyuk Britaniya (7,48%), Germaniya (6,4%), Fran-
siya (6,1%) kabi davlatlar an’anaviy ravishda yetakchilik mavqeyini
saqlab qolmoqda.
Dunyoning transnatsional xarakterdagi eng yirik sug‘urta
kompaniyalari qator yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatib kelgan bo‘lsalar, hozirgi globallashuv sharoitida ularning
reyting ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu
o‘rinda, xalqaro sug‘urta sohasi uchun 2001—2002-yillar eng
omadsiz kechganligini ta’kidlash lozim. Xususan, 2000-yilda
«Forbes Global 500» tomonidan qayd etilgan 47 sug‘urta
kompaniyasining faqat 28 tasi 2001-yilda o‘z reyting ko‘rsatkich-
larini saqlab qola olgan. Mazkur reyting ko‘rsatkichlarida qayd
etilgan sug‘urta kompaniyalarining umumiy daromadlari 783 mlrd
dan 689 mlrd ga, ya’ni 94 mlrd dollarga yoki oldingi yilga nis-
batan 88,0 foizga kamaygan.
«Forbes Global 500» ma’lumotlariga asoslanib, 2002-yilda ham
deyarli barcha katta sug‘urta kompaniyalari daromadlarining
kamayganligini ta’kidlash mumkin. Xususan, Yevropa sug‘urta
kompaniyalarining yozgi suv toshqinlari oqibatida ko‘rilgan
zararlar yuzasidan katta hajmdagi qoplama to‘lovlarini amalga
oshirishlariga to‘g‘ri kelganligi ularning faoliyatlarini
takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ydi.
Mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan
talabdan kelib chiqib, 1996—1997-yillar davomida kuchli sug‘urta
tashkilotlarining yuzaga kelishi, ayniqsa, davlat kapitali
ishtirokidagi ixtisoslashgan katta sug‘urta kompaniyalarining
faoliyat ko‘rsatishlarini yo‘lga qo‘yish bu soha rivojida samarali
rol o‘ynadi. Xususan, eksport-import operatsiyalari — «O‘zbek-
invest» EIMSK, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari
6 2
risklari — «O‘zagrosug‘urta» DASK, kichik va o‘rta biznes risklari
«Madad» SA kabi sug‘urta tashkilotlari tomonidan ishonchli da-
rajada sug‘urtalanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-
iyundagi «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 286-sonli Qarorida qo‘yilgan vazifalardan
kelib chiqib, sug‘urta munosabatlari subyektlarining huquq va
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Davlat
sug‘urta nazorati (Davsug‘nazorat) inspeksiyasi tomonidan ishlab
chiqilgan sug‘urtani rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi Mo-
liya vazirligi hay’atining 1999-yil 12-maydagi 3/3-sonli Qarori
bilan tasdiqlandi hamda hayotga tatbiq etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2002-yil 28-maygacha amalda
bo‘lib kelgan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun chet ellik investor-
lar mablag‘larini mamlakatimiz sug‘urta sohasiga joylashtirishla-
ri uchun shart-sharoitni ham yuzaga keltirganligi o‘zining ijobiy
samarasini berdi. Xususan, «O‘z-AIG», «Transinsurance»,
«ALSKOM» kabi sug‘urta tashkilotlari faoliyatlari bunga misol
bo‘la oladi.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelgan
sug‘urta tashkilotlarining 2003-yilning
avgustiga qadar ustav fondi miqdori ham
turlicha bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Bu
masalada mamlakatimizda amalga
kiritilgan qonunda «sug‘urtalovchilar ustav
fondining eng kam miqdori O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning
(ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga,
garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘-
lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav
fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining
muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak»
1
ligi ta’kidlangan.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining
ustav fondi miqdori yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2002-
Dostları ilə paylaş: |