6 5
Ularning ta’sischilari tarkibida banklar 62,2; sug‘urta tashkilotlari
16,7; jismoniy shaxslar 4,6 va boshqa ta’sischilar 16,5 foiz ulushlarga
egadir. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur ta’sischilarning
iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotining ahvoliga
amaliy jihatdan salbiy ta’sir etmagan.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari jami ustav fondining keltirilgan
yillardagi holati (4-diagramma) tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999-
yilda bu ko‘rsatkich 6,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-
yilda oldingi yilga nisbatan qariyb 6,0; 2001-yilda 2000-yilga nisbatan
yaqin 15,5; 2002-yilda oldingi yilga nisbatan 1,2; 2003-yil yakuniga
ko‘ra, 2002-yilga nisbatan 24,1 foizga o‘sganligini yoki 1999-yilga
nisbatan o‘sish 53,7 foizdan ortiqroq bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
4-diagramma
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining jami ustav fondidagi o‘sish
ko‘rsatkichlari (mlrd so‘mda)
1999—2004-yy.
6,7
7,1
8,2
8,3
8,3
11,4
0
2
4
6
8
10
12
1999
2000
2001
2002
2003
2004
y i l l a r
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari xuddi banklardagi kabi
ustav fondining pul ko‘rsatkichi nisbatining minimal hajmining
aniq belgilab qo‘yish talabidan kelib chiqib, O‘zdavsug‘nazorat
tomonidan qonunchilik loyihasini ishlab chiqish sa’y-harakati
natijasida Moliya vazirligi tomonidan 1999-yilning 11-mayida
qabul qilingan 31-sonli va Adliya vazirligi tomonidan o‘sha yilning
4-iyunida 739-son bilan ro‘yxatga olingan muvaqqat (vaqtinchalik)
Nizomga muvofiq 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab sug‘urta
kompaniyalarining tez sotiladigan aktivlari hajmining me’yori 75
5 — Sug‘urta ishi
6 6
ming AQSH dollariga (hisobot muddatida Markaziy bank
tomonidan belgilangan kursga ko‘ra) ekvivalent bo‘lgan summadan
kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli Qarorida sug‘urtachi subyektlarning
tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sug‘urta faoliyatini
amalga oshiruvchi sug‘urtachilarning ustav fondining eng kam miq-
dori
1
aniq, ya’ni 2003-yilning 1-avgustiga qadar:
— hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘ur-
tachilar uchun — 250 ming AQSH dollariga;
— umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtachilar
uchun — 150 ming AQSH dollariga;
— qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘ur-
tachilar uchun (agar faoliyat faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa)
— 2 mln AQSH dollariga;
—majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtachilar
uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSH dollariga
teng miqdordagi summalarda bo‘lishi ta’minlanishi qat’iy
belgilanganligi oqibatida sug‘urta tashkilotlarining soni 1/3 ga qisqardi.
Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘lamlariga ko‘ra
ham o‘zaro farqlanadi. Bu ularning menejment va marketing bo‘yicha
imkoniyatlari, ya’ni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashuvchanligi
turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining 3/5 qismida ustav
fondi belgilangan eng kam miqdori darajasida bo‘lsa, ularning faqat
1/3 qismi majburiy sug‘urtani amalga oshirish imkoniyatini beruvchi
kapital miqdoriga egadir. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz sug‘urta
tashkilotlarining kapital ta’minotidagi bu ko‘rsatkichlar, ularning
hajmi katta bo‘lgan risklarni sug‘urtalash imkoniyatlarini cheklaydi.
Sug‘urtaga bo‘lgan talab darajasi
mamlakatning iqtisodiy holati bilan o‘zaro
bog‘liqlikda kechadigan jarayondir. Shu
nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak,
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan
Dostları ilə paylaş: