6 3
yilning yanvar oyi holati bo‘yicha ustav fondi kattaligiga ko‘ra
sug‘urta kompaniyalari, shartli ravishda (2-diagramma): kichik
(10 mln so‘mgacha), o‘rta kattalikdagi (500 mln so‘mgacha) va
katta (500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan) uchta guruhdan tashkil
topgan edi hamda jami kompaniyalar tarkibida mos ravishda
kichik kompaniyalar 47,0 o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar 42,0,
katta kompaniyalar 11,0 foiz salmoqni tashkil etganligini ta’kidlash
mumkin.
2-diagramma
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi hajmiga ko‘ra
guruhlanish ko‘rsatkichlari (% da)
(2002-y. yanvar)
(2003-y. yanvar)
11%
42%
47%
10%
20%
70%
— katta kompaniyalar
— o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar
— kichik kompaniyalar
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
Mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarining ustav fondi katta-
ligiga ko‘ra, guruhlashning 2003-yil yanvar oyi ko‘rsatkichlarida,
mos ravishda, kichik kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 100 mln
dan 500 mln gacha) 70,0; o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar
(ustav fondi kattaligi 500 mln dan 1 mlrd gacha) 20,0; katta
kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lgan)
10,0 foiz bo‘lganligi aniqlandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini
amalga oshirish borasida moliyaviy jihatdan kuchli hisoblanadigan
uchinchi guruh kompaniyalari salmoqli o‘ringa ega bo‘lganliklari
ko‘zga tashlandi.
O‘zbekistonda 2002-yil may oyigacha amal qilinib kelgan
sug‘urta qonunchiligida sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy
shakllari ham to‘liq bayon qilib berilmagan edi. Bu masalaning,
6 4
bizning nazarimizda, bir tomondan, sug‘urtachi subyektlar uchun
dolzarbligidan, ikkinchi tomondan, sug‘urta faoliyati respublikamizda
tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning
manfaatlarini ham o‘zida aks ettirishidan; sug‘urta tashkilotlarining
o‘z zimmalariga olgan majburiyatlari to‘liq yoki qisman bajarilmasligi
esa, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida salbiy oqibatlarga olib
kelishi ham mumkinligidan kelib chiqib, yangi qonunda
sug‘urtachilarni tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi modda
kiritilgan va unda «sug‘urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan
tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi. Sug‘urtalovchilarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi»
1
deb ta’kidlangan.
Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy shakllari va
ta’sischilari tarkibini (3-diagramma) o‘rganish shuni
ko‘rsatmoqdaki, 2003-yilning sentabr holatiga ko‘ra, ular
aksionerlik kompaniyalar (44,0%), mas’uliyati cheklangan
jamiyatlar (55,0%) va boshqa tashkiliy shakllarda (1,0%) faoliyat
yuritgan, ularning ustav fondlarini shakllantirishda yuridik
shaxslarning mablag‘laridan keng foydalanilgan.
3-diagramma
Dostları ilə paylaş: