Oʼrtа professionаl tа’limning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
bolalar adabiyoti

Kafedra mudiri: _____________________

(imzo)
Fanning ishchi o`quv dasturi Andijon шаҳар pedagogika kolleji Ilmiy pedagogik kengashining 2020 -yil “ ” dagi 1-son yig`ilishida tasdiqlandi.

MUNDARIJA


I. O`quv fanining maqsad va vazifalari, o`zlashtirish natijalari.

4

II. “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish va ifodali o’qish” fanidan namunaviy dastur asosida tuzilgan ishchi dastur soatlarining taqsimlanishi.

8

III. “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” o`quv fani (moduli) ning mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular va rejasi va mazmuni.

10

IV. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni.

21

V. O`quv fanining moddiy-texnik ta’minoti.

21

VI. Fanning o`zlashtirish darajasini nazorati va baho­lash.

22

VII. Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro`yxati.

24

“Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fani ishchi o`quv dasturiga ekspert xulosasi.

25


Kirish.

Yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqiy, e’tiqodli, izlanuvchan, milliy qadriyatlar va an’analarni davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalash hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun talabalarga badiiy asarning g’oyaviy – badiiy jihatdan baholay olishni, o’zbek tilining go’zalligini his eta olishni, asarni ifodali qilib, uni tahlil qila olishni, o’rganayotgan asarining badiiy ahamiyatini tushunishni, asar qahramonlari haqida mustaqil fikrlay olishni, qahramonlarning hatti - harakatini baholay olishni o’rganishimiz lozim. Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Bu fan yoshlarni imon-e’tiqotli, kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda qudratli quroldir.


Maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyachilar tayyorlashda Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish fanini o’qitish muhim rol kasb etadi. Fan O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’grisida»gi qonunlari va “Ilk qadam ” davlat o’quv dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish fanning maqsadi yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analar davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Buning uchun o’quvchiga quyidagi bilimlar beriladi: badiiy asarning g’oyaviy badiiy jihatidan baholay olishni, o’zbek tilining go’zalligini his eta olishni, asarni ifodali o’qib tahlil qila olishni, o’rganayotgan asarning ahamiyatini tushunishni, asar qahramonlari haqida mustaqil fikrlay olishni, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olish, asarni ifodali o’qib tahlil qila olish, xalq og’zaki ijodi va uning turlari, bolalar adabiyotining rivojiga hissa qo’shgan atoqli yozuvchi, shoirlarning ijodiy faoliyati yosh avlodni tarbiyalashdagi o’rni bilan tanishtirish.
O’quv mashg’ulotlari turli shakllarda, ma’ruza, suhbat, amaliy ish, seminar, mustaqil ish, bahs-munozara, ilg’or pedagogik hamda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkaziladi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin