Oʼrtа professionаl tа’limning


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə9/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
bolalar adabiyoti

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

“Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fani 1-2 -semestrda o’qitiladi. “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fani “Psixologiya”, “Pedagogika”, “Xalq og’zaki ijodi va bolalar adabiyoti”, “O’zbek adabiyoti tarixi”, “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” kabi fanlar bilan o’zaro bog’liq va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikda o’rgatiladi.



Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

O’qituvchi ma’lumotlarni to’plashi tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jihatlarini ko’rib chiqishi, o’rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o’quvchining bilish faoliyatini faollashtira oladi. Natijada ularning nazariy bilimini, ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.


O’quvchilarning ushbu fanni samarali o’zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi information pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, multimediya tizimidan foydalanish, darslarni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun turli interfaol usullar mavjud. Jumladan: “Doira”, “Akvarium”, “ Muzyorar”, “Guruhlarga bo’linish”, “aqliy hujum”, “interaktiv”, “bumerang”, “klaster” kabi metodlar, “o’rgimchak to’ri”, “issiq kartoshka” kabi o’yinli texnologiyalardan foydalangan holda tushuncha beriladi.

Asosiy qismga ko’rsatmalar

Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish fani bo’yicha tuzilgan dasturdagi o’tiladigan mavzular ketma – ketlikda keltirilgandir. Dasturning asosiy qismda Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish fanining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, shuningdek, xalq og’zaki ijodi va uning turlari, Bolalar adabiyoti va ifodali o’qishning rivojiga hissa qo’shgan atoqli yozuvchi, shoirlarning hayot yo’li, o’zbek, rus va jahon adabiyoti namoyondalari bolalar adabiyotiga oid ijodiy faoliyati, o’zbek, rus va jahon xalq ertaklari va yosh avlodni tarbiyalashdagi o’rni bilan tanishtiriladi.


Nazariy mashg’ulotlarda bolalar adabiyoti namoyondalarining ijodi, xalq o’zaki ijodi namunalari, ertaklar va ularni o’ziga xos uslubi, tarbiyaviy ahamiyati keng atroflicha tahlil etiladi.
Amaliy mashg’ulotlarda esa o’rganilgan adib, shoirlarning eng yaxshi sara asarlaridan namuna yoki parcha, o’zbek, rus va jahon xalq ertaklari o’quvchilar bilan o’qiladi va asarning g’oyaviy mazmuni, badiiy qimmati, estetik va tarbiyaviy jihatdan ahamiyati ochib beriladi. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarni faol ishtirok etishga yo’naltiriladi.
Seminar mashg’ulotlarda ham talabalarni ijodiy izlanib adabiyotning o’rganilmagan ayrim nazariy tomonlarini tahlil qilishga mustaqil tarzda ilm-fan bilan shug’ullanib, ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishga, yangi original fikrlarni o’rtaga tashlashga o’rgatib boriladi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin