Oʼrtа professionаl tа’limning


Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
bolalar adabiyoti

Fanning maqsad va vazifalari.

Fanning maqsadi:
“Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fanining maqsadi yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analar davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalash, o’quvchilarni bolalar adabiyoti va ifodali o’qish va xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirishdan iborat:
Fanning vazifalari:
“Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fanining vazifalari yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analar davom ettiruvchi kitobxon, bolalar adabiyoti namoyondalari va ularning ijodi haqida etarli bilim berish, o’quvchilarni xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlil eta olishga o’rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Bilimlar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak:
- bolalar bilan olib boriladigan bolalar adabiyoti bo`yicha ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish;
- “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari”, Ilkqadam ” davlat o’quv dasturida berilgan vazifalar asosida turli yosh guruhlarda bolalarni xalq og’zaki ijodi janrlari, bolalar shoirlari, asarlari, ularning mazmuni bilan tanishtirish;
- bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash;
- bolalarga mo’ljallangan asarlarning o’ziga xos xususiyatlari, g’oyaviy-estetik tarbiyaviy maqsadi bilan tanishtirish;
- turli yosh guruhlarda bolalarni shoirlar, yozuvchilar ijodlari bilan tanishtirish ishlarini olib borish;
- ta'limiy tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish jarayonida innovatsion va axborot tеxnologiyalaridan foydalanish;
- o’rganilayotgan asardagi yozuvchi yoki shoirning maqsadi, asarning bosh g’oyasi, timsollariga xos xususiyatlarini;
- asar matnini sharhlashni, qismlarga bo’lib reja tuzishni, timsollarga tavsifnoma bera olishni, topib o’qish, tanlab o’qish, sharxlab o’qish turlaridan foydalana olishni;
- ifodali o’qish, qayta hikoyalash;
- o’rganilayotgan asar qaysi yoshdagi bolaga mo’ljallanganligini, qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini mustaqil aniqlay olish;
- asardagi ba’zi ko’rinishlar hamda, qahramonlarga oid ko’rgazmali qurollar ishlay olish.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin