Осиёнинг табиат зоналари



Yüklə 264,5 Kb.
səhifə11/14
tarix29.03.2023
ölçüsü264,5 Kb.
#91134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qurbonboyeva Zumrad

Keng bargli o’rmonlar. Aralash o’rmonlar janubga va g’arbga tomon keng bargli o’rmonlar bilan almashinadi. Ular o’simlik turlarining tarkibiga ko’ra emanqayinzorli, emanzorli, bukzorli va buk - qayinzorli tiplarga bo’linadi. Keng bargli o’rmonlar G’arbiy Yevropada hukmronlik qiluvchi tabiiy o’simlik tipi hisoblanadi. Sharqiy Yevropa tekisligida keng bargli daraxtlarning geografik tarqalishi birmuncha chegaralangan. G’arbdan sharqqa qarab keng bargli o’rmonlarning keskin kamayib borishi iqlimning kontinentalligining oshib borishi bilan chambarchas bog’liqdir. Keng bargli o’rmonlarning tur tarkibida qadimiy to’rg’ay florasining elementlari ko’p uchraydi. Hozirgi keng bargli o’rmonlar ham to’rg’ay florasiga o’xshab iliq mo’tadil okean iqlim sharoitida o’sadi va rivoj topadi. Hozirgi vaqtda G’arbiy Yevropa mo’tadil mintaqasining 25% hududi o’rmonlar bilan qoplangan.
Botqoqlik o’simliklari. Bu tipdagi o’simliklar tundra, o’rmon tundra va o’rmon zonalarida keng tarqalgan. Botqoqliklar o’ziga xos tabiiy geografik komplekslar bo’lib, ular odatda o’rmon landshaftlarining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Botqoqlik o’simliklari hamma regionda deyarli bir xil bo’ladi.
O’rmon-dasht. O’rmon-dasht o’simlik tipi materikning kontinental iqlimli ichki rayonlari uchun xarakterli bo’lib, g’arbda Karpat tog’laridan sharqda Oltoygacha uzluksiz davom etadi. Oltoy tog’laridan sharqda o’rmon-dasht o’simliklari orolchalar hosil qilib Lena-Vilyuy pastekisligigacha kirib boradi. O’rmon-dasht zonasining o’rmon o’simliklari eman, jo’qa, qayrag’och, tog’terak, qayin, shumtollardan iborat.
Dasht. O’rmon-dashtlar janubga tomon dasht o’simlik tipi bilan almashinadi. Dashtlarda iqlimning quruqligi, yog’in miqdorining mumkin bo’lgan bug’lanish miqdoriga nisbatan kamligi kserofit o’simliklarning o’sishiga sabab bo’lgan. Bu yerda o’rmon-dasht uchun xarakterli bo’lgan turli xil o’t o’simliklar o’rnida boshoqli o’simliklar keng tarqalgan.
Chala cho’l. Chala cho’l o’simliklari Kaspiybo’yi pastekisligidan Oltoygacha va Mongoliya Oltoyidan Katta Xingan tog’larigacha bo’lgan polosada iqlimi yanada kontinental va quruq bo’lgan joylarda rivojlangan. Chala cho’llarda asosan boshoqli o’simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. O’t o’simliklar dashtlardagiga nisbatan siyrak o’sadi. Chalovlarga nisbatan betaga ko’proq uchraydi. Chala cho’lning Shimoliy qismida boshoqli o’simliklar, janubiy qismida esa shuvoq va sho’ra o’tlar keng tarqalgan. Chala cho’l o’simliklarining geografik tarqalishi mahalliy sharoitni muayyan ravishda o’zida aks ettiradi.
Cho’l. O’rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog’ tizmalarining past yon bag’irlarini cho’l o’simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala cho’l va dashtlarga nisbatan o’simliklar nihoyatda siyrak o’sadi. O’simlik bilan qoplangan yerlarga qaraganda ochiq yerlar ko’pchilikni tashkil etadi. Cho’llarda o’simliklarning turiga, ularning qalin yoki siyrak bo’lishiga tuproqlarning mexanik tarkibiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bo’z tuproqlarda xilma-xil shuvoqlar, sho’rtob va sho’rxok yerlarda sho’ra o’tlar ko’p o’sadi.

Yüklə 264,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin