O’simliklar fiziologiyasi


Bargda suv borligini aniqlash



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə6/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Bargda suv borligini aniqlash

О‘simlik nomi

Barg yarusi

Takrorlanish

Byuks nomeri

Byuks massas i, g

Hо‘l material bilan byuks massasi, g

Quruq material bilan byuks massasi, g

Hо‘l massa ,g

Quruq massa,g

Suv miqdori

Hо‘l
massa,%

Quruq massa,%


































Ishlaganda qуyidagicha qonunlarga amal qilish kerak. Hо‘l material byuks yumshoq bо‘lib turishi kerak. Uni quritish shkafida 5 soatdan kо‘proq uzluksiz saqlash mumkin emas. Byuksni shkafga 105˚C da qо‘yish kerak. Byuksni shkaf devorlariga yaqin qо‘yish mumkin emas, chunki bu yerda harorat termometr kо‘rsatkichidan yuqoriroq. Byuksga kauchukli halqalar qо‘yilgan bо‘ladi, qо‘l bilan tekkizganda byuks massasi о‘zgarishi mumkin.


Dastlabki hо‘l о‘simlik materialidan quritilgan massani ayirib, suv massasi olinadi. Hо‘l va quruq massada % hisobida suv miqdori aniqlanadi. Barglarning joylashishiga qarab, xulosalar chiqariladi. Tajriba natijalari 3–jadvalga yoziladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. O’simlikdagi quruq modda nima?

  2. O’simlikda suvning ahamiyati qanday?

  3. O’simlikdagi suv va quruq modda miqdori qanday aniqlanadi?



5-AMALIY MASHG‘ULOT
Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash


Darsning maqsadi: Elektron tarozi yordamida barglardagi transpiratsiya jadalligini aniqlashni о‘rganishdan iborat.
Umumiy ma’lumot: Transpiratsiya о‘simlik tanasida sodir bо‘ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biridir. О‘simlik tanasi orqali suvning bug‘lanishiga transpiratsiya deyiladi. Transpiratsiya jadalligi deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug‘latilgan suv miqdoriga aytiladi.
Laboratoriyaga tajriba uchun о‘simlik hо‘l lattaga о‘rab olib kelinadi. Ish odatda 800da boshlanadi. Namuna о‘rtacha 10 ta о‘simlikdan olinadi va transpiratsiya jadalligi aniqlanadi.
Ushbu mashg‘ulot davomida talaba suv rejimi nimaligini bilib oladi, transpiratsiya jadalligini tushunadi va aniqlab oladi, о‘simlikning yoz oylaridagi holatini tahlil qila oladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: termostat, tarzion tarozi, sekundomer, qaychi, daftar, qalam, raqamlangan qog‘oz xaltachalari, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi: Transpiratsiya jadalligi tarozi yordamida novdalarni tortish yо‘li bilan aniqlanadi. Bunda kun davomida, har 2 soatda (takrorlanishi 3-5 marta), ya’ni ertalabki soat 8 dan kechqurungi soat 20 gacha assimilyatsion novdalarning dastlabki og‘irligi, sо‘ngra 3 minutdan keyingi og‘irligi tortiladi va daftarchaga yozib olinadi, hamda og‘irligi ma’lum bо‘lgan bu novda raqamlangan qog‘oz xaltachalarga solinadi. Har 2 soatda assimilyatsion novdani tortishdan oldin havo harorati va havoning nisbiy namligi Asman psixrometri orqali о‘lchanib turiladi va kо‘rsatkich daftarga yozib boriladi.
Ishning oxirida raqamlangan xaltachalarga solingan о‘simlik novdalari termostatda 1050C da og‘irligi о‘zgarmagunga qadar quritiladi va quritilgandan keyingi og‘irligi ham tortiladi. Og‘irligi yana daftarga yozib olinadi va formula asosida transpiratsiya jadalligi (TJ) hisoblanadi.

Quyidagi jadval tо‘ldiriladi, xulosa qilish bilan ish yakunlanadi.
4–jadval

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin