Nazorat uchun savollar. 1. Guttasiya hodisasi deb nimaga aytiladi?
2. Guttasiya hodisasining ahamiyati qanday?
3. Yig’lash va guttasiya bir-biridan qanday farqlanadi?
Darsning maqsadi: O‘simlikning turli organlari tarkibidagi suv va quruq moddaning miqdorini aniqlashni о‘rganish.
Umumiy ma’lumot:Suv bilan tо‘yinish darajasi о‘simliklar suv rejimining muhim kо‘rsatkichi. Suv borligi bilan hujayra shirasi konsentratsiyasi ma’lum bir о‘simlik organlarining suv potensiali, uning tuproq va atmosfera quruqligi munosabatiga bog‘liq.
О‘simlikda suv borligini aniqlash uchun ekologo-fiziologik muhit sharoitlariga moslanish mexanizmlarini bilib olishga imkon beradi. О‘simlik tо‘qimasida suv miqdorini foiz hisobida quruq yoki hо‘l maysaning sо‘lishi orqali aniqlanadi. О‘rta polasaning о‘simlik barglarida ob-havo sharoitiga va ontogenez bosqichlariga bog‘liq holda 65... 82% hо‘l massa bо‘ladi. Quruqlikka chidamliligi turlicha bо‘lgan о‘simliklar suv almashinuvi xarakteri bilan farq qiladi. Tuproqda namlik yetarlicha bо‘lganda namsevar о‘simlik turlari va navlarida kо‘p suv bо‘ladi. Ammo agar tuproqda namlik kam bо‘lsa, о‘simliklar suvni tez yо‘qotadi. Quruqlikka chidamli о‘simliklarda suv miqdori, odatda, kamroq, ammo ancha doimiy bо‘ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: 15 kunlik kungaboqar yoki makkajо‘xori о‘simliklari, analitik tarozi, quritгich shkafi, byukslar, eksikator, pinset.
Ishni bajarish tartibi: Barglarda suv va quruq modda miqdori tarozi usulda aniqlanadi. Tajriba 2 variantda bо‘lib, yuqori va pastki yarus barglaridan foydalaniladi. Faqat normal rivojlangan yashil, qurimagan barglar olinadi. Har bir hisoblashlar 3 marta bajariladi. Pastki va yuqori yarus barglari yaqqol ajralishi kerak.
Avval absolyut quruq byuks massasi aniqlanadi. Buning uchun yuvilgan qalpoqchali byuks quritгich shkafiga qо‘yiladi. Harorat 100... 105˚C bir soatdan keyin byuks tigel pinset bilan olinadi va 30 minutga eksikatorda sovitiladi va yana tarozida tortiladi. Agar byuks massasi о‘zgarmasa, unga bargni qо‘yish mumkin.
О‘simlik materiali bо‘lgan byuks analitik tarozida tortiladi. 5 soatga 105˚C gacha isitilgan shkafga qо‘yiladi, keyin eksikatorda sovitiladi (byuks ochiq bо‘lishi kerak) va yana о‘lchanadi. Ammo 5 soat о‘simlikdan hamma namlikni yо‘qotish uchun yetmasligi mumkin. Shuning uchun byukslar о‘lchangandan keyin ochiladi va shu temperaturada quritish shkafiga qо‘yiladi. Keyin eksikatorda sovitilgan byukslar yana tarozida о‘lchanadi. Bu byuks massasi doimiy bо‘lguncha takrorlanadi.
3–jadval