4 anioni,adenin asosi bilangina bog’lanmasdan, balki,
sitozin (S), timin (T), guanin (G) va uratsil (U)asoslari bilan birikkanligidan, bu
asoslar ham energiyaga boy di- va trifosfat formalarida sintezlanadi. Shulardan GTF energiyasi oqsillarni, STF energiyasi yog’simon lipidlarni va UTFuglevodlarni
sintezlashda Carflanadi. Yuqorida ko’rCatib o’tilgan energiyaga boy birikmalar ATF energiyasi hisobiga sintezlanadi.
O’simlik organizmining hayot faoliyatida fosforlanish jarayonlari muhim o’rin
tutadi. Fosforlanish reaksiyalari tufayli, hujayra ishlashi uchun zarur bo’lgan boy
energiya, nafas olish va fotosintez jarayonlarida kelib chiqadi. Shuning uchun
o’simlik organizmida fosfor aylanishi muammosi-bu bir vaqtni o’zida energiyani
o’zgarish muommosi ham hisoblanadi.
Fosfor oqsillarni fosforlanishida ishtirok etadi, fosforlangan oqsillar hujayrani
bo’linishida, differensiyalanishida, RNK va oqsillar sintezida ishtirok etadi.
Fosforning Ca, Mg, K tuzlari 6 atomli spirt inozit bilan birikib, zaxir modda
shaklida fosfor-organik birikma fitin sintezlanadi. Fitin fosfor zaxirasini 5O% ini
tashkil qiladi. Anorganik fosfor zaxiralaridan anorganik polifosfatlar shaklida bo’ladi.
Fosfor -RO 3- 4 anionlari ko’rinishida ildiz orqali so’rilib simplast orqali ksilema
naychalariga kelib tushadi va barglarga yetib keladi. Elaksimon naychalar orqali
o’sish konusiga va yetilgan mevalarga boradi. O’simlik hujayralaridagi metabolik
jarayonlarni reaksiyalari fosforga bog’lq. Fosfor taqchilligida fosfor-organik
birikmalar parchalana boshlaydi, nukleinkislotalar sintezi susayadi. O’simlik yosh
paytlarida fosforga o’ta sezgir bo’ladi.