Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


 O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix26.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtis

3.2. O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish 
imkoniyatlari
Yaponiya dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatdan biri hisoblanadi. Iqtisodiy 
va ilmiy-texnikaviy salohiyati jihatidan AQSHdan keyin ikkinchi o’rinni 
egallaydi. Shu bois ushbu davlat bilan yaqin hamkorlik aloqalarining o’rnatilishi 
Konstitutsiyamiz talablariga to’liq mos keladi va mamlakatimizda zamonaviy 
sanoat industriyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
O’zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do’stlik rishtalari, savdo va 
madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo’li davrining boshlanishiga borib 
taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko’hna 
poytaxti Nara shahri bo’lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300 
yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli dinlaridan biri bo’lgan 
buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O’zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik 
O’rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va 
Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o’rtasidagi umumiy 
tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri
Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning “agar Yaponiya 
buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo’lsa, u holda ko’hna O’zbekiston 
zamini uning g’arbiy tomonidir”, degan so’zlari muhim ahamiyatga egadir. 
Xalqlarimiz o’rtasidagi uzoq o’tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar 
O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili 
sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. 
Yaponiya Ozbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrida tan oldi. 1992 yil 
26 yanvarda diplomatik munosabatlar ornatildi. 
Mustaqillik e'lon qilingandan so’ng O’zbekiston-Yaponiya munosabatlari 
sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarildi. 1994 yilning may oyida O’zbekiston 
Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki rasmiy tashrifi 
o’zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy qadriyatlariga nisbatan 


31 
hurmatga asoslangan do’stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam 
poydevor yaratdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan 
ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida 
do’stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi. 
Hujjatda tomonlarning do’stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik
o’zaro hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof 
etilgan me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o’z ifodasini topgan. Savdo-
sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor 
vazifa sifatida belgilagan. 
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O’zbekiston-Yaponiya va 
Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa 
qo’shib kelmoqda. Ushbu ikki qo’mita tomonidan doimiy ravishda o’tkazib 
kelinayotgan qo’shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng 
qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O’zbekiston bilan Yaponiyaning 
ushbu yo’nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o’rtaga 
tashlanadi. 1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro 
hamkorlik bo’yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining 
(JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg’araz texnik yordam ko’rsatish, 
ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o’rtasida aloqalar o’rnatish 
va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi O’zbekiston-Yaponiya markazi ochildi. 
O’zbekiston va Yaponiya turli xalqaro ahamiyatga molik vazifalarni hal etishda 
yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va dunyo siyosatining ko’plab masalalarida 
o’xshash nuqtai-nazarga ega. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik 
Kengashining doimiy a'zoligiga qabul qilinishini qo’llab-quvvatlaydi. Yaponiya 
o’z navbatida Prezident Islom Karimovning O’rta Osiyoda yadro qurolidan xoli 
hududni tashkil etishga oid taklifini ma'qullagan. 
O’zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko’plab yirik loyihalar 
hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui”, “Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va 


32 
boshqa shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. 
Iqtisodiyot yo’nalishidagi so’nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin 
misollaridan biri sifatida Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobus 
va yuk mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko’rish mumkin. 
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari 
amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida 
yaqinda qurib bitkazilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yangi temir yo’l 
yo’nalishini sanab o’tish o’rinlidir. 
Ikki davlat o’rtasida sarmoyalar kiritish bo’yicha shartnomaviy-huquqiy 
asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida 
“Sarmoyalarni liberalizatsiya va o’zaro himoya qilish hamda rag’batlantirish 
to’g’risidagi” hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi. O’zbekiston va Yaponiya 
o’rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya 
qilishni moliyalashtirishga mo’ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi 
mablag’ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 
30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish 
imkonini yaratadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning 
tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli erishilganini 
ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi ham jamiyat hayotining 
barcha sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu 
tadbirlarning zarurligini qayta-qayta ta’kidlaydi: “Men oddiy bir haqiqatni barcha 
tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - bu 
bizning olg’a intilishimizning kafolati va asosi, u nafaqat iqtisodi, balki ham 
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”. 
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha amalga 
oshirilayotgan oshirilayotgan choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va 
yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga 


33 
oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina 
mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli 
erishilganini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’zining tashqi 
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga 
aylanishi zarur.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin