Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova



Yüklə 211,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü211,02 Kb.
#169377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ot

3.
 
Otlarda son bilan tanishtirish. 
 
“Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi ustida ishlash 
jarayonida o’quvchilarda: 1) birlik va ko’plikda qo’llangan otlarning ma’nosi va 
qo’shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko’plik shaklidagi va, aksincha, 
ko’plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so’zlarning bog’lanishini 
hisobga olgan holda, otlardan nutqda to’g’ri foydalana olish ko’nikmalari 
shakllantiriladi. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi taqqoslash usulidan foydalanib 
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni 
bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar 
kabi. Suhbat asosida daftar so’zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so’zi nechta 


(ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so’zlar bilan ham 
shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar 
otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo’llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs 
yoki narsani bildirsa, ko’plikda qo’llanadi. Ko’plikdagi otni yasash uchun 
birlikdagi otga –lar qo’shimchasi qo’shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? 
so’rog’iga, ko’plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so’rog’iga javob bo’ladi. 
O’quvchilariga faqat birlikda qo’llanadigan otlar, birlik shaklida qo’llangan 
armiya, qo’shin, xalq kabi otlar ko’plik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga 
ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. 
Agar o’quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini kuzatish aslida so’z shakli ustida 
ishlashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko’plik 
qo’shimchasi bilan o’zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo’shimcha qo’shish
bilan so’zning leksik ma’nosi o’zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. 

Yüklə 211,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin