nutqimizdagi o’rnini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda mavzuni
o’rganishga bag’ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan
so’zlar bir tizimga solinadi,
kishilarni, buyum, o’simliklar va hayvonlarni, tabiat
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so’zlarning
hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs, narsalarni
bildirib
kim? yoki
nima? so’rog’iga javob bo’ladi.
Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarini sifat va boshqa so’z
turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (
yaxshilik, go’zallik, ishonch,
sevinch, o’kinch, qo’rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi.
Ammo matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar, otning bolalar o’rgangan
belgilari asosida (
nima? so’rog’iga javob bo’lishi,
shaxs yoki narsa nomini
bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatish
uchun o’qituvchi o’qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi otlarni
topishni, so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar
matndagi
otlarni tushirib qoldirib o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini
anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning
nomi, bu so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: