Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova



Yüklə 211,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü211,02 Kb.
#169377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ot

Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher 
(nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum 
kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo’nalish 
kelishigida, birlik).
Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulaylik yaratish uchun har bir 
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi.
2. So‘roqlari. 
3. Qo’shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi. 


Kelishiklarni shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni yengillashtiradi 
va ongli o’zlashtirishni ta’minlaydi. 
Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma’nosi, so’rog’i, qo’shimchasi, 
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi 
otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun 
o’quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi talab etiladi, 
shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni 
ikkinchisidan farqlash ko’nikmasini shakllantirishga katta o’rin beriladi. 
Bosh kelishikning xususnyatlarini o’rganish bilan otning kelishik 
qo’shimchasi yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so’zni 
o’ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lishi, 
gapda ega vazifasida kelishi haqida o’quvchilarda ko’nikma hosil qilinadi; 
lug’atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan 
egalik qo’shimchasi olib qo’llanishi bilan tanishtiriladi. 
O‘quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir 
qo’shimcha o’rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini 
o’rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o’quvchilarda kelishiklardan 
to’g’ri foydalanish ko’nikmasini hosil qilish maqsadi ko’zda tutiladi. Bu maqsadga 
erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so’roqlari, qo’shimchasi va gapdagi 
vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi. 
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda 
boshqa otga bog’lanadi, u bog’langan ot egalik qo’shimchasi bilan qo’llanadi 
(o’quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, 
ba’zan qaerning? so’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ning qo’shimchasi bilan 
qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o’ziga olgan shaxs, narsa 
ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog’lanadi (vazifani bajardim, kitobni 
o’qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba’zan qaerni? so’roqlariga javob 
bo’ladi; 3) -ni qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak 
vazifasini bajaradi. 


O‘quvchilarning bu ikki kelishik qo’shimchasidan nutqda to’g’ri foydalanish 
va ularni to’g’ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning 
qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash, so’roqlar o’rniga gapning mazmuniga mos 
so’zni kelishik bilan turlab qo’yish,
tushirib qoldirilgan kelishik qo’shimchalaridan 
mosini qo’yib ko’chirish, tanlab ko’chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish 
diktantlaridan ko’proq foydalaniladi. 
O’quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo’llanishi 
bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi. 
O’quvchilar jo’nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, 
jo’nalish kelishigi qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz 
undosh tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -ga 
qo’shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, 
SHavkatga kabi so’zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; 
b) o’quvchilar “Mehnat yetkazar har tilakka” kabi gapni o’qib, tilak so’zining 
o’zgarishini kuzatadilar; gapdagi tilakka bog’langan so’zni topadilar va shu 
so’zdan otga so’roq beradilar (etkazar (nimaga?) tilakka); bu jo’nalish 
kelishigining so’rog’i ekanini aytadilar; tilakka so’zi so’z tarkibiga ko’ra tahlil 
qilinadi va tilak – o’zak, -ka qo’shimcha ekani aniqlanadi; so’ng uni tovush-harf 
jihatidan tahlil qilinib, o’zakning oxiri -k undoshi bilan tugagani, qo’shimcha ham 
k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: 
jo’nalish kelishigi qo’shimchasi oxiri undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida 
qo’shiladi. “Baliq qarmoqqa ilindi” gapidagi qarmoqqa so’zi ustida ham 
yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari 
chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi 
-qa shaklida qo’shiladi. 
O’quvchilar o’rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, 
kelishik qo’shimchasi -da ning -ta bo’lib eshitilsa ham -da shaklida yozilishi 
tushuntiriladi. Ba’zi o’quvchilar o’rin-payt kelishigi o’rniga jo’nalish kelishigi 
qo’shimchasini ishlatib, xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xatoning oldini olish 
uchun o’quvchilar bilan fe’ldan jo’nalish va o’rin-payt kelishigida qo’llangan otga 


so’roq berib, so’z birikmasini topishni ko’proq mashq qilish va kelishiklarning 
so’rog’i va ma’nosiga qarab farqlashga o’rgatiladi. Masalan, bordi (qaerga?) – 
maktabga, bo’ldi (qaerda?) – maktabda; oldim (kimga?) – ukamga, ko’rdim 
(kimda?) – ukamda. 
O’quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida 
tanishtirilib, ularga kelishik qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi. 
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini 
ta’minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq 
materialini asta murakkablashtirib borish bilan o’quvchilarning mustaqqlligini 
oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va 
o’quvchilarning nutqini o’stirish bilan bog’lab o’rgatishdir. 
SHunday qilib, boshlang’ich sinflarda ot yaxlit holda o’rganiladi va uni 
o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, 
shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish ko’nikmasini
shakllantirishga qaratiladi. 

Yüklə 211,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin