Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova



Yüklə 211,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü211,02 Kb.
#169377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ot

Otlarning turlanishi
Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa 
so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o’rgatishda 
o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. 
Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan 
bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng 
boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash 
hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan 
bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda 
qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 
so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar. O‘quvchilar keyingi sinfda 
shakl yasovchi qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni 
bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 
Ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik 
shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga 
o’rgatish hisoblanadi. 


Ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq 
holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish. 
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida 
tushuncha berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni 
bog’lash uchun xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, 
so’roqlari, qo’shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. 
O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni 
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z 
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl 
yasovchi qo’shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog’lanishini 
kuzatadilar, bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik 
qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga 
kelishiklarning joylashish tartibi, so’roqlari va bosh kelishikdan boshqa 
kelishiklarning aniq qo’shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval 
yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa 
kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi bilan ham 
tanishtiriladi. 
O’quvchilar o’zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o’zlashtirishda 
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. 
Bajarilgan ish yozib boriladi: o’quvchilar avval gapda ot bog’langan so’zdan shu 
otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so’roqqa qarab 
kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o’qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). 
Ular buni yaxshi o’zlashtirganlaridan so’ng, mashq tez bajariladi, yozish talab 
etilmaydi. 
Ko’plikdagi otlarnnng turlanishini o’rganishda nutqda ko’plikdagi otlardan 
to’g’ri foydalanish ko’nikmasini takomillashtirish maqsadi ko’zda tutiladi. 
O’quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so’rog’ini va bitta shaxs


narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o’quvchi); o’qituvchi agar shu 
ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so’roqqa javob 
bo’lishini, qaysi kelishikni bildirishini so’raydi, ular qinalmay javob beradilar 
(nimalar? – kitoblar, kimlar? – o’quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko’plikdagi otlar 
bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so’rog’iga javob bo’ladi. O’quvchilar 
otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda 
turlaydilar va ko’plik qo’shimchasi doim kelishik qo’shimchasidan oldin 
qo’shilishini, so’roqlarini bilib oladilar. 
Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan 
bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malakani 
shakllantirish va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli 
foydalanishlariga erishish hisoblanadi. 
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. Buning uchun 
o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yakka o’ziga emas, balki gapda ot ma’no 
tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchidan, 
kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o’zlashtirishda 
gapning asosini aniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) 
belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan 
turlanganini, birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni 
uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap 

Yüklə 211,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin