Otlarning morfologik usul bilan yasalishi


Sintaktik usulda ot yasash



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#167912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma\'ruza

Sintaktik usulda ot yasash
Ikki va undan ortiq o‘zakning qo‘shilishidan ot hosil qilish kompozitsiya – sintaktik usul bilan ot yasash deyiladi. Kompozitsiya yo‘li bilan asosan qo‘shma otlar yasaladi. Qo‘shma otlar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga shaklan o‘xshaydi: qismlarning har biri mustaqil so‘zlardan tuzilgan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z yasalish uchun asos bo‘lgan bu qismlar o‘zining dastlabki ma’nosini qisman yoki butunlay yo‘qotadi, ikkalasi birgalikda boshqa yangi leksik ma’no anglata boshlaydi. Masalan, qo‘l va qop so‘zlarining har qaysisi alohida leksik birlik, o‘z ma’nosiga ega. Ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qo‘lqop so‘zi avvalgi so‘zlarning ma’nosidan boshqa ma’noni, boshqa narsaning nomini bildiradi.
Tarkibidagi qismlar qanday turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga qarab qo‘shma otlar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:

  1. Ikki otdan iborat: belbog‘, ko‘zoynak, oshpichoq, tillaqo‘ng‘iz, asalari, jo‘raboshi, karvonsaroy, karvonboshi, kinolenta, ko‘zmunchoq, lolaqizg‘aldoq, makkajo‘xori, namozshomgul, oshqozon, otquloq, oshqovoq, piyozdog‘, sochpopuk, toshbo‘ron, tilxat, tomorqa, toshbaqa, tog‘olcha, tuyaqush, tuyatovon, xontaxta, xo‘rozqand, shakarqamish, shamchiroq, shaftoliqoqi, yurtboshi, qo‘ziqorin, qo‘ypechak, ajdargul, ayiqtovon, atirgul, arpabodiyon, baqaterak, bilaguzuk, bo‘yinbog‘, gugurtcho‘p, gulbarg, gulbahor, gultojixo‘roz, gulbog‘, guldasta, gulqaychi, gulg‘uncha, yeryong‘oq, joynamoz, qo‘larra, qo‘ltiqtayoq, temiryo‘l.

  2. Sifat va otdan: Oqsaroy, Achchiqko‘l, qorako‘l, achchiqtosh, ko‘kyo‘tal, oqqush, ko‘ksulton, kaltakesak, Sho‘rko‘l, ko‘rsichqon, ko‘rshapalak, oqsoqol, xomtok, qoradori, boychechak.

  3. Ot va sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko‘k.

  4. Son va otdan: To‘rtko‘l, Uchqo‘rg‘on, Beshyog‘och, sakkizoyoq, beshbarmoq, yettisuv, beshbarmoq, beshqarsak, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog‘ayni.

  5. Ot va fe’ldan: otboqar, o‘rinbosar, kungaboqar, bo‘ribosar, dunyoqarash, socho‘sar, echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar, beshiktervatar, mushtketdi.

  6. Ikki fe’ldan iborat: iskabtopar, ishlab chiqarish, olib sotar.

  7. Son va fe’ldan: beshotar, beshko‘tarar.

  8. Fe’l va otdan: Ochildasturxon, Urto‘qmoq, Yoriltosh, savacho‘p.

  9. Ot va ravish va ot: gulhamishabahor.

Qo‘shma otlardan tashqari, turg‘un birikma tarzidagi otlar ham bo‘ladi: mehnat daftarchasi, xalq maorifi bo‘limi, Oliy Majlis, O‘zbekiston Qahramoni, Vazirlar Mahkamasi. Turg‘un birikma tipidagi qo‘shma otlar tarkibidagi so‘zlarning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi: Bosh Vazir o‘rinbosari.
Rus tilidan qabul qilingan – general-mayor, avtostansiya, eks-chempion, o‘zlashmalari qatori, yarim kalka qo‘shma otlar ham ishlatiladi: aviamaktab, avtoyo‘l, agroqoida, gidroparma, radioto‘lqin, fotoqog‘oz, kinoyulduz, biokimyo, teleyangilik.
Qo‘shma otlar quyidagi sintaktik qurshovdan tashkil topgandir:
1. Ega+ kesim: bo‘yo‘sar, go‘shtkuydi, kelintushdi, otako‘rdi.
2. To‘ldiruvchi+to‘ldirilmish: kallakesar, kiryuvdi, oqkiydi.
3. Hol+hollanmish: iskab topar, ishlab chiqarish.
4.Sifatlovchi+sifatlanmish: Oqtepa, Qizilmusht, Oqmachit, beshbarmoq, kaltakesak, ajdargul.
5. Qaratqich+qaralmish: ayiqtovon, zig‘irpoya, makkajo‘xori, mingboshi.
6. Kesim+undalma: Urto‘qmoq, Ochildasturxon, Yoriltosh.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin