Otlarning tuzilish jihatdan turlari Ot tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy va qisqartma otga bo‘linadi.
1. S o d d a o t l a r. Faqat bir asosdan iborat bo‘lgan so‘zlar sodda otlar deyiladi. Sodda so‘zlar ikki turli bo‘ladi:
A. Sodda tub otlar. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchasi bo‘lmagan otlar sodda tub otlardir: kitob, kitoblar, kitobim, kitobning, ruchkadan.
B. Sodda yasama otlar. Morfologik usul bilan yasalgan otlar sodda yasama otlardir: kitobxon, do‘mbira, qarsak, bog‘lovchi, o‘roq, chaqmoq, ekin.
2. Qo‘shma otlar ikki va undan ortiq asosning birikishidan hosil bo‘lgan va bir umumiy tushunchani ifodalaydigan otlardir. Qo‘shma otlar bir urg‘u bilan aytiladi. Qo‘shma otlarning tarkibi bir xil so‘z turkumidan yoki har xil so‘z turkumidan iborat bo‘lishi mumkin: oshqovoq (ot+ot), mingoyoq (son+ot). Qo‘shma so‘zlar qo‘shib va ajratib yoziladi: tomorqa, olib sotar.
Juft otlarning belgilari Juft ot bir xil grammatik shaklda kelgan ikki so‘zning grammatik jihatdan teng bog‘lanishidan tuzilgan jamlovchi, bir umumiy ma’noni anglatadigan yangi otdir. Juft ot qismlari orasidagi tenglik munosabati yozuvda chiziqcha bilan ko‘rsatiladi. Bunday juft otning qismlari 2 xil bog‘lanadi: a) bog‘lovchilarsiz: ota-ona, gul-lola; b) bog‘lovchi vazifasidagi -u, -yu yuklamalari yordamida: tog‘-u tosh, olma-yu o‘rik kabi.
Juft ot qismlari bir so‘z turkumiga oid bo‘lib, qismlarining har biri o‘z urg‘usiga ega bo‘ladi. Juft otlarning ma’nosi qismlar ma’nosining yig‘indisidan kelib chiqadi: kuch-quvvat, aql-xush, ota-ona.
Juft ot tarkibidagi qismlar quyidagi ma’no munosabatlarini ifodalaydi:
Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasala bermaydi. Juft so‘zning turkumini qismlarning qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so‘zning butunligicha qanday ma’no anglatishiga qarab aniqlash kerak bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so‘zlar juftlanib, ot yasaladi:
1. Ot: yor-birodar, to‘y-tomosha.
2. Sifat: oq-qora, issiq-sovuq.
3. Ravish: kam-ko‘st.
4. Sof fe’l: ur-yiqit, keldi-ketdi.
5. Fe’lning harakat nomi shakli: yurish-turish, yozuv-chizuv.
6. Taqlidiy so‘zlar: adi-badi, qiy-chuv.