Otlarning morfologik usul bilan yasalishi


Ot yasovchi qo‘shimchalar ishlatilishiga ko‘ra



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#167912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma\'ruza

Ot yasovchi qo‘shimchalar ishlatilishiga ko‘ra:
1. Unumli: -chi, -lik, -ma, -chilik.
2. Kam unum: -dosh, -dor, -qin, -kash, -in.
3. Unumsiz: -xo‘r, -do‘z, -paz, -vul, -dak, -ak, -gak, -it, -q, -mak.
Ot yasovchilar o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishiga ko‘ra:
1. Bir ma’noli: soatsoz, aravasoz, kemasoz; o‘tloq, toshloq, tilshunos, zarshunos.
2. Ko‘p ma’noli: temirchi, naychi, taqachi, tarixchi, tuhmatchi, respublikachi, dinamochi.
Ot yasovchi qo‘shimchalar shakl va munosabatiga ko‘ra:
1. Omonim ot yasovchilar: bo‘lma, terlama, surma; supurgi, sevgi; suvoqchi, tomchi; jarlik, pillachilik; sharshara, do‘mbira; yotoq, tuzoq. qalamdon – bilimdon, tepalik – ko‘ylaklik, shaqildoq – po‘rsildoq, teshik – ko‘zik, to‘plam – ukam, talon – ishlandi, tiqin – to‘kin.
2. Sinonim ot yasovchilar: tilchi – tilshunos, childirmachi – childirmakash.
Ot yasovchilar o‘z va o‘zlashmaligiga ko‘ra:
1. O‘zbekcha ot yasovchi: -chi, -lik, -lashtirish, -gich, -ma, -m, -chi, -k, -q, -indi, -mak, -moq, -vchi, -ish.
2. O‘zlashgan ot yasovchilar: -gar, -kor, -bon, -dor, -dosh, -shunos, -furush, -boz, -xo‘r, -paz, -soz, -do‘z, -kash, -xon, -go‘y, ham-, -vachcha, -iston, -zor, -don, -noma, -xona, (-lox – sanglox) (forscha), -at (shaxsiyat – arabcha).
Ishlatilish davriga ko‘ra arxaik ot yasovchilar ham mavjud: yo‘qsil, o‘tmish, yasovul.
Ot yasovchi affikslarning qo‘shilishiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:
1. Suffiks: yo‘ldosh, zenitchi, oromgoh, chorvador.
2. Prefiks: hamsoya, hamqishloq, hamfikr.
3. Affiksoid: kutubxona, shartnoma, sholipoya, Paxtaobod.
Ot yasovchilar tuzilishiga ko‘ra:
1.Sodda: vasvasa, qiziqchi, bichim, to‘sqin, burchak.
2.Murakkab: bekinmachoq, mo‘lchilik, dehqonchilik, yog‘ingarchilik, saylovchi, elektrlashtirish.
Ot yasovchilar o‘zakka qo‘shilgach, quyidagi fonetik hodisalar voqe bo‘ladi:
1. Tovush tushishi: buyruq (buyur+uq), quyqa (quyiq).
2. Tovush almashishi: butoq, taroq, talon, yara(yor), bog‘lovchi, maqtov, charchoq, qarindosh.
3. Tovush orttirishi: jizza, varrak, g‘urrak.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin