Otlarni tahlil qilish tartibi va namunasi: 1. Otning bosh shakli (bosh kelishik va birlik).
2. Ma’no turi.
3. Grammatik soni.
4. Egalik qo‘shimchasi, shaxs-soni.
5. Kelishik shakli.
6. Tuzilish jihatdan turi: tub va yasamaligi.
7. Gapdagi vazifasi.
Kitob yashashga o‘rgatadi. Kitob – nima, ot, turdosh, aniq, yakka, birlikda, bosh kelishikda, sodda, tub, ega. Savol va topshiriqlar:
Otlar qanday usullar bilan yasaladi?
Ot yasovchi qo‘shimchalar orasidagi omonimlikka misollar keltiring.
Ot yasovchilardan qaysilari o‘zlashma qo‘shimchalar hisoblanadi?
Ot yasovchi qo‘shimchalarning qaysilari fe’ldan ot yasaydi?
Ot yasovchi qo‘shimchalar ma’nosiga ko‘ra necha turli?
Qo‘shma otlar qaysi turkumlardan tashkil topadi?
Qo‘shma otlar qanday sintaktik qurshovda bo‘la oladi?
So‘zlar tuzilish jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?
Sodda tub va sodda yasama so‘zlarni qanday farqlaysiz?
Qo‘shma so‘zlar qanday asosdan tuziladi?
Qo‘shma so‘zlar qaysi turkumlarda uchraydi?
Qo‘shma so‘zlarning qismlari bir turkumidan tuzilishi mumkinmi?
Qo‘shma so‘zlarning imlosi ona tilining qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
Qo‘shma va juft so‘zlarni qanday farqlaysiz?
Juft otlar qanday so‘zlardan tashkillanadi?
Juft so‘zlarning qismlari ma’no ifodalashiga ko‘ra qanday turlarga mansub bo‘ladi?
Juft va takroriy so‘zlar leksik ma’no ifodalalashga xizmat qiladimi yoki grammatik ma’no?