portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
Xo‘jalik va atir sovuni sifat ko‘rsatkichlari. Sovunlar sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan
biri yog‘ kislotalar miqdori. Sovunni mukammal mahsulotligini aniqlash uchun “sifat soni” (S.s.)
ko‘rsatkichi kiritilgan. Sifat soni (S.s.) – bu sovun bo‘lagidagi yog‘ kislotalar miqdori. U quyidagi
formula buyicha aniqlanadi:
S.s. =
100
к Ё m ⋅
⋅
;
bu yerda: m – sovun bo‘lagining og‘irligi, g;
Yo.k.- yog‘ kislotalar miqdori, %;
Standart bo‘yicha og‘irligi 400 g 60 % li xo‘jalik sovunining sifat soni 240
±
6 g; 72%-li
sovun uchun (bo‘lak og‘irligi 250 g); 180
±
4g ga teng bo‘ladi.
Bolalar sovuni va I – III guruh massasi 100g bo‘lgan atir sovunlari uchun sifat soni 75
±
1g.,
80% li uchun 80
±
1g. ga teng.
Yog‘ kislotalarini miqdoriga qarab sovun sifat sonini olish uchun sovun bo‘lagining og‘irligi
to‘g‘rilanadi.
Sovunni muhim ko‘rsatkichlaridan biri yog‘ kislotalarning titri hisoblanadi. Xo‘jalik sovuni
uchun bu ko‘rsatkich 35-42
0
C; atir sovun uchun 36-41
0
C bo‘lishi lozim. Titrning kamayishi
sovunning eruvchanligini va sarfini ko‘paytiradi.
Xo‘jalik sovunda erkin ishqor miqdori 0,2 % gacha, atir sovunda 0,1 % gacha Na
2
CO
3
ning
miqdori xo‘jalik sovunida 1,0 % gacha, atir sovunda 0,3 % gacha bo‘lishi kerak. Sovun tarkibida
erkin ishqorni miqdorini ko‘payishi terini quruqlanishiga va matoni parchalanishiga olib keladi.
Sovunlanmagan yog‘ va boshqa moddalarning miqdori xo‘jalik sovunida 2-3,5%, atir sovunda 1-2
% bo‘ladi.
Atir sovunda shuningdek natriy xlor miqdori ham chegaralanadi, u 0,7% dan ortiq
bo‘lmasligi kerak. Aks holda, sovunni qayishqoqligi yomonlashadi va mexanik ishlov berilgan
sovun yuzasida yoriqlar paydo bo‘ladi.
Sovunni asosiy ko‘rsatkiyalaridan biri uni suvli eritmadagi ko‘pirish qobiliyati hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich sovunni 0,5% li eritmasini silkitib aralashtirganda hosil bo‘ladigan ko‘pik
ustunining balandligi bilan tavsiflanadi. Xo‘jalik sovuni uchun ko‘pikni boshlang‘ich hajmi kamida
300ml, atir sovun uchun 300-350ml bo‘lishi kerak.