O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
1 – LABORATORIYA ISHI 
 
ADSORBSIYALI RAFINATSIYA 
O‘simlik moylarida o‘zining tuzilishi va hossalari jihatidan turlicha bo‘lgan rangli moddalar 
bo‘ladi. Ular, asosan, ksantofillar, karotinoidlar, xlorofillar, paxta moyida esa gossipol va uning 
hosilalaridan iborat. Adsorbsiyali rafinatsiyani asosiy maqsadi moylarni rangli moddalardan 
tozalashdir va bu jarayon oqlash deyiladi. Oqlash, ayniqsa moylarni gidrogenlashga tayyorlashda va 
margarin ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Oqlash jarayonida moylar rangli va boshqa 
moddalardan, masalan: sovun qoldiqlaridan ham tozalanadi. Yog‘lar tarkibida pigmentlar bo‘lib, 
ular yog‘ni bo‘yaydi. Masalan: Ksantofillar yog‘ga sariq, V-karotin qizil, xlorofill – yashil; gossipol 
– jigarrang yoki qora rang beradi. Karotinoidlar ishqorga chidamli bo‘ladi, shuning uchun ular 
ishqorli rafinatsiyada ajrab chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa 
neytralizatsiya vaqtida karotinoidlar soapstokga sorbsiyalanadi va yog‘ qisman oklanadi 
(tiniqlashadi). Karotinoidlar qattiq sorbent yuzasida aktiv sorbsiyalanadi. Xlorofillar 
karotinoidlardan fark qilib ishqor bilan reaksiyaga kirishib, birikma hosil qiladi. Biroq ishqorli 
rafinatsiyada to‘liq ajrab chiqmaydi. 


 144
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari va atomlari 
yig‘ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida 
borib, ularni sirt yuza energiyasini kamaytiradi. Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan 
moddalarni tabiati va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qutblanmagan (kam qutblangan) 
birikmalar qutblanmagan adsorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi (ko‘mirda) va qutblangan 
birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi.
Yog‘ va moylardagi hamma bo‘yovchi moddalarni tabiati va strukturasi (tuzilishi) har xil. 
Lekin ularning har biri o‘ziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham adsorbsiyali rafinatsiyada 
tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo‘lgan qutblangan adsorbentlar ishlatiladi. Yog‘ va 
moylarni oqlash uchun tabiiy bentonit (alyumosilikat) tuprog‘ini kislota bilan va termik qayta 
ishlanib olingan – aktivlangan oqlovchi tuproqlar, aktivlangan ko‘mir qo‘llaniladi. Oqlash bir qator 
adsorbentlarning rangli moddalarni va yog‘dagi ayrim chiqindilarni tanlab yutishiga asoslangan. 
Yog‘ va moylarni oqlashda ishlatiladigan adsorbent aktivligi, oqlovchanligi va moy sig‘imi bilan 
harakterlanadi. Adsorbent qancha aktiv bo‘lsa, uni oqlovchanlik faktori ham shuncha yuqori 
bo‘ladi.
Adsorbentning moy sig‘imi katta ahamiyatga ega. U qanchalik kichik bo‘lsa,adsorbent 
shunchalik iqtisodiy arzonga tushadi. Aktivlangan tuproq-askanitni moy sig‘imi 75%ni tashkil 
qiladi. Moylarni oqlash uchun ishlatiladigan sorbent miqdori yog‘dagi bo‘yovchi moddalarni massa 
ulushiga bog‘liq bo‘lib, 0,5 dan 5 % gacha bo‘ladi. Oqlash jarayonining samaradorligi, oqlangan 
yog‘ning rangi, ishlatilgan sorbentning miqdori, yo‘qotish va chiqindilar me’yoriga, oqlangan 
yog‘ning unumiga qarab aniqlanadi. Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda bir oz 
izomerizatsiya sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa oqlangan yog‘ va moylarni saqlashda ularni sifatini 
pasayishiga va saqlanish muddatini qisqarishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar va yog‘ 
sig‘imini kattaligi iloji boricha oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini 
kamaytirishni talab qiladi. Oqlash vaqti 20-30 minutni tashqil qiladi. Adsorbent bilan yog‘ni 
birgalikda uzoq muddat ushlab turish, uning oksidlanishiga olib keladi va yog‘ yer ta’mini oladi. 
Oqlash uchun gidratatsiya, neytralizatsiya qilingan, yuvilgan va quritilgan yog‘lar tavsiya etiladi. 
Oqlash jarayonida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon vakuum ostida olib boriladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin