O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


OCH RANGLI MOYLARNI RANGINI KOLORIMETRIK USULDA ANIQLASH



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 OCH RANGLI MOYLARNI RANGINI KOLORIMETRIK USULDA ANIQLASH 
Usulning prinsipi
:
Bu usul moy rangini jadal o‘tib turuvchi yorug‘likda yodning standart 
suvli eritmalariga taqqoslashga asoslangan. Yodning standart eritmasi sifatida, kaliy yoddagi 
yodning suvli eritmasi qo‘llaniladi. 
Aniqlash har xil rusumdagi kolorimetrlarda olib boriladi. 1-rasmda KOL-1M kolorimetri 
ko‘rsatilgan. Tabiiy yorug‘lik yoki maxsus 10 yoritgichdan yorug‘lik 2ta yo‘nalish bo‘ylab 
aniqlanayotgan namuna va standart eritmali 2 ta bir xil 7 stakanga yo‘naltiriladi. Yorug‘lik shisha 
ustunchalar (6) orqali o‘tib, 5 kojuxda joylashgan prizma yordamida ko‘rish maydonini 2 qismini 
yoritadi. Ustunchalarni stakanga botib turish sathi eritma qatlamining qalinligini aniqlaydi. Ko‘rish 
maydonini o‘ng yarmi chapdagi stakandan o‘tgan yorug‘lik bilan, chap yarmi esa o‘ngdagi 
stakandan o‘tgan yorug‘lik bilan yoritilgan. Shisha ustunchalarni tushirish yoki ko‘tarish orqali 
maydonlardagi rangni intensivligi to‘g‘rilanadi. Aniqlashni qatlamlar qalinligi 5 mm dan kam va 30 
mm dan ko‘p bo‘lmagan oralig‘da olib boriladi. Qatlamlar qalinligi 2 shkalali nonius yordamida 
o‘lchanadi. Hisoblash aniqligi 
±
0,1 mm. 
1-rasm. KOL-1M kolorimetri. 
1-maxovikcha; 2-shkalali nonius; 3-svetofiltrli baraban; 4-okulyar; 5-prizma kojuxi; 6-
shisha ustunchalar; 7-stakanlar; 8-stolcha; 9-lampani patroni; 10-yoritgich; 11-shisha ustunchalar 
uchun kojux. 
Ishning bajarilishi. O‘ngdagi stakanga 7 (8-rasmga qarang) standart eritma quyiladi, 
chapdagisiga esa moy quyiladi. Moy solingan stakanga shisha ustunchani botiriladi va doimiy sath, 
10 mm da o‘rnatiladi. Standart eritma solingan stakanga ham shisha ustuncha solinadi va 1 
maxovikcha yordamida qatlam qalinligi, ko‘rish maydonchalarida bir xil rang hosil bo‘lguncha 
o‘zgartiriladi. Buni 4 okulyar orqali kuzatib boriladi. Standart eritmaning qatlam qalinligi 
kolorimetrni o‘ngdagi shkalasi orqali yozib boriladi va bu 3-4 marta qayta qilinadi. 
Moyning rangi 100 ml eritmadagi mg yod hisobida quyidagi formula orqali aniqlanadi: X 
= Sd /10 


 147
bu yerda S – etalondagi yodning konsentratsiyasi, 100 ml eritmadagi mg miqdori; d –
standart yod eritmasi qatlamining qalinligi, mm; 10 –aniqlanayotgan moyning qatlam qalinligi, mm. 
Oxirgi natija sifatida 2 ta parallel aniqlashlarning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi. 
Ayrim hollarda, moyni rangi yodli eritmalarni rangiga to‘g‘ri kelmasa, o‘lchashni, ko‘rish 
maydonidagi ranglar biri-biriga teng bo‘lguncha ko‘k rangdagi filtrlar bilan olib borish kerak. 
Bunda, hamma aniqlashlar yuqoridagi sharoitda olib borilib, tanlangan filtrning rangi va tartib 
raqami ko‘rsatiladi va rangni aniqlash asbobini turi ko‘rsatiladi. 
Parallel aniqlashlar orasidagi farq moylarni rangi 15 mg yod gacha bo‘lganda 
±
1 mg 
yoddan, 14dan 50 mg yod gacha bo‘lganda 
±
2,5 mg yoddan, 50 dan 100 mg yodgacha bo‘lganda 
±
5 mg yoddan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin