O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

2.1. KATALIZATOR TAYYORLASh 
Sanoatda asosan nikel va nikel-mis katalizatorlari kukunsimon (poroshok) holatida 
ishlatiladi. Ular eltuvchisiz yoki eltuvchi (nositel) bilan tayyorlanadi. Nikel-mis katalizatori, bu 
metallarning karbonatli tuzlari xolida bo‘ladi. Buning uchun nikel va mis sulfatning eritmasini 
natriy karbonat ta’sirida cho‘ktiriladi.
NiSO
4
+Na
2
CO
3
NiCO
3
+Na
2
SO

CuSO
4
+Na
2
CO
3
CuCO
3
+Na
2
SO

Tayyorlangan karbonat tuzlar ko‘pincha o‘z tarkibida sezilarli miqdorda tashqi mineral 
tuzlarni saqlaydi. Bularning bir qismi natriy karbonat bilan cho‘ktirish vaqtida hosil bo‘ladi. Ular 
tayyorlangan katalizatorning aktivligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, olingan karbonat 
tuzlarining cho‘kmasi suv bilan yuviladi. Yuvish, yuvindi suvning sifat analizi uning tarkibida SO
4
-
2
, Cl

va ishqor yo‘qligini ko‘rsatguncha davom ettiriladi. Olingan cho‘kma tarkibida ko‘p 
miqdorda suv (60-75%) bo‘ladi, shuning uchun uni keyingi bosqichda ishlatish uchun 10-16% 
namlikkacha quritiladi. So‘ngra, quritilgan karbonat tuzlari maydalanadi, moy bilan aralashtiriladi 
va qaytariladi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrogenizatsiya uchun ishlatiladi. Katalizator tayyorlashda 
nikel bilan mis metallari Ni:Cu=3:1 yoki 1:1 nisbatda bo‘ladi. Katalizatorlarni metall 
qotishmalaridan ham tayyorlash mumkin. Bunday katalizatorlar yuqori darajadagi aktivligi bilan 
ajralib turadi va ularni skelet holatidagi katalizatorlar deb ataladi. Skelet katalizatorlarni tayyorlash 
uchun katalitik aktiv metall-nikelni alyuminiy bilan qotishmasi tayyorlanib, alyuminiy ishqor 
ta’sirida yo‘qotiladi. Buni quyidagi reaksiyadan ko‘rish mumkin. 
2Al + 2NaOH + 2H
2
O 2 NaAlO
2
+ 3 H

Skelet katalizatorlar kukun holatida ham, donalar (granul) shaklida ham tayyorlanishi 
mumkin. Katalizator donalar shaklida qo‘llanilganda yog‘larni gidrogenlash kolonna tipidagi 
reaktorlarda olib boriladi. Bunda katalizator kolonnada turg‘un holatda joylashtiriladi, natijada 
olinadigan salomas tarkibida katalizator zarralari bo‘lmaydi, u toza holatda olinadi. Bu hol 
gidrogenlash zavodlarida salomasni filtrlash jarayonini qo‘llamaslik imkonini yaratadi, ishlab 
chiqarish unumdorligi ortadi, salomas tannarxi kamayadi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin