MOYLAR RANGINI RANG O‘LCHAGICH ASBOBI YORDAMIDA ANIQLASH Rafinasiyalanmagan va rafinasiyalangan o’simlik moylarining rangi ulardagi mavjud
pigmentlarning miqdoriy va sifatiy tarkibini ko’rsatadi. Och rangli o’simlik moylarining rangliligi
rang soni bilan xarakterlanadi. Rang soni, yodning 100 ml standart eritmasidagi erkin yodning mg
miqdori bilan ifodalanadi.
Och rangli moylarning rang soni yodning standart eritmalari shkalasi yoki kolorimetr
yordamida aniqlanadi.
To’q rangli moylarning rangliligi, belgilangan sariq rang ishtirokida, aniqlangan qizil rang
birligining miqdori bilan ifodalanib, rang o’lchagich yordamida aniqlanadi.
To’q rangli moylar rangini rangi o’lchagich asbobi yordamida aniqlash. Usul mohiyati. Bu usul moyning aniq bir qatlam qalinligida moyning rangini shisha filtrlar
rangiga taqqoslashga asoslangan. Bu usul rafinasiyalangan va rafinasmyalanmagan paxta moyining
rangini aniqlashda qo’llaniladi. Buning uchun «Lovibond» rang o’lchagichi ishlatiladi.
Lovibond rang o’lchagichi paxta moyi rangini 2 dan 70 qizil birlikkagacha bo’lgan oraliqda
o’lchash uchun ishlatiladi.
Asbob pastki va ustki oynalarga ega. Uning ustki oynasi yorig’lik nuri bilan rangli filtrlarni
yoritishga mo’ljallangan. Pastki oyna oldiga moy solingan kyuveta joylashtiriladi. Yorug’lik nurini
ustki va pastki oynalar tekis ko’zgu va prizmalar yordamida okulyarga yo’naltiriladi. Ko’rish
maydonining har ikkala yarmi bir hilda yoritilgan bo’lishi kerak. Bunda asbobni yoritgich oldida
to’g’ri o’rnatish bilan erishiladi.
Asbob ustki oynasidagi yorug’lik oqimi 20, 35, 70 birlikdagi oqimni beradigan sariq
svetofiltrlar 10, 20, 30 birlikdagi oqimni beradigan qizil svetofiltrlar hamda 1,5-14 qizil birlikdagi
o’zgaruvchan yorug’lik oqimini beradigan ikkitalik prizma kiritiladi. Pastki oyna oldiga moy
solingan kyuveta qo’yiladi. Ko’rish maydonining o’ng yarmi moy qatlamidan o’tayotgan yorug’lik,
chap yarmi esa rangli filtrlar tizimi orqali o’tayotgan yorug’lik oqimi bilan yoritiladi. Kyuvetadan
o’tayotgan yorug’lik oqimi neytral filtrlar o’rnatilishi mumkun. U filtrlar rangli filtrlar tizimidagi
yorug’likning yo’qolishini kompensasiyalayda. Neytral filtrlar okulyar ko’rish maydonning chap
yarmida ko’kimtir rang hosil bo’lgandagina kiritiladi.
Asbob: «Lovibond» rang o’lchagichi.