O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


OQLOVCHI TUPROQNING MOY SIG‘IMINI ANIQLASh



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

OQLOVCHI TUPROQNING MOY SIG‘IMINI ANIQLASh 
Diametri 50 mm atrofida bo‘lgan Byuxner voronkasiga devorlariga taqab aylana filtr qog‘oz 
joylanadi, moy bilan ho‘llanadi va ortiqcha moy nasos bilan so‘rib olinadi. Filtr voronkasi bilan 
texnik tarozida tortiladi. So‘ng, voronkaga 10 g tekshirilayotgan oqlovchi tuproq solinadi hamma 
tuproqni qoldirmasdan yaxshilab moy bilan ho‘llanadi, ortiqcha moy so‘rib olinadi va doimiy 
og‘irlikka kelguncha tortiladi. 
Oqlovchi tuproqning sig‘imi (X) quyidagi formuladan topiladi: 
X= (a-b+r)

100/R , % 
bu yerda : a-voronkaning filtr, tuproq va yutilgan moy bilan birgalikdagi og‘irligi, g ; b- 
voronkaning moy shimdirilgan filtr bilan og‘irligi, g ; r-tuproq og‘irligi, g. 
Oqlovchi tuproqlarning moy sig‘imi ularning tarkibiga, tabiatiga va aktivligiga qarab 40 
dan 100% gacha bo‘lishi mumkin. 
YOG‘ VA MOYLARNING RANGINI ANIQLASh 
Rafinatsiyalanmagan va rafinatsiyalangan o‘simlik moylarini rangi ulardagi mavjud 
pigmentlarni miqdoriy va sifat tarkibini ko‘rsatadi. Och rangli o‘simlik moylarini rangliligi rang 
soni bilan xarakterlanadi. Rang soni, yodning 100 ml standart eritmasidagi erkin yodni mg miqdori 
bilan ifodalanadi. 
Och rangli moylarning rang sonini yodning standart eritmalari shkalasi yoki kolorimetr 
yordamida aniqlash mumkin. 
Paxta moyini rangliligi, belgilangan sariq rang ishtirokida, aniqlangan qizil rang birligini 
miqdori bilan ifodalanib, rang o‘lchagich yordamida aniqlanadi. 
1.3. OCH RANGLI MOYLARNI RANGINI ANIQLASh 
Usul prinsipi. Bu usul tekshirilayotgan moy rangini yodning standart eritmalari rangi bilan 
taqqoslashga asoslangan. 
Aniqlash uchun oldindan tayyorlangan standart rang shkalasidan foydalaniladi. Unda ichki 
diametri 10 mm bo‘lgan rangsiz shishadan tayyorlangan probirkalarda turli konsentratsiyadagi 
yodning kaliy yoddagi eritmalari solingan bo‘ladi. Bu etalonlarning rang soni (mg J
2
da) quyida 
berilgan. 
Probirkani tartib raqami Rang soni, mg J
2
Probirkani tartib raqami
Rang soni, mg J
2
1 100 8 
30 
2 90 9 
25 
3 80 10 20 
4 70 11 15 
5 60 12 10 
6 50 13 

7 40 14 



 146
Reaktiv va idishlar: standart ranglar shkalasi, diametri 10 mm bo‘lgan rangsiz shishadan 
tayyorlangan probirkalar. 
Ishning bajarilishi. Probirkaga filtrlangan moydan solinadi va uning rangi standart eritmalar 
ranggi bilan taqqoslanadi. Aniqlash 20 
o
C haroratda kun yorug‘ida yoki elektr lampasi yorug‘ida 
amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan moyning rang soni taqqoslashda bir xil rangga to‘g‘ri kelgan etalonning 
rang soni bilan ifodalanadi.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin