O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
 
3-LABORATORIYA ISHI 
SALOMASNING ANALIZI 
 
3.1. QATTIQLIGINI ANIQLASh 
Oziqaviy salomasning sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning qattiqligi hisoblanadi. Qattiqligini 
aniqlash Kaminskiy qattiqlik o‘lchagichida (tverdomer) amalga oshiriladi. Aniqlash prinsipi, 1 sm 
kesimdagi 15
0
C gacha sovitilgan yog‘ namunasini diametri 0.2 mm li sim bilan kesish uchun kerak 
bo‘ladigan yuklama qiymatini belgilashga asoslangan. Olingan kattalik g/sm larda belgilanadi. 
Salomaslar qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab turli qattiqlikka ega bo‘ladi. Masalan, 
margarin ishlab chiqarish uchun 160-320 g/sm, konditer mahsulotlari (shokolad) uchun 500-600 
g/sm qattiqlikga ega bo‘lgan ozikaviy salomaslar ishlatiladi. 


 151
Kaminskiy qattiqlik o‘lchagichi tarozi tipidagi asbobdir (2-rasm). Har doim aniqlashdan 
oldin uskuna rostlanadi va dastlabki holatga keltiriladi. Qattiqlik o‘lchagichni ishlatishdan oldin uni 
graduirovka qilinadi, ya’ni o‘lchash trubkasi bo‘limlari kattaligi aniqlanadi. 
Reaktiv va uskunalar:
muz va suv aralashmasi, Kaminskiy qattiqlik o‘lchagichi, kapsula, 
500 ml li stakan, pichoq. 
Ishning bajarilishi.
Salomas va boshqa yog‘larni qattiqligini aniqlashga tayyorlash: 
ramkani oboymaga (halkacha) joylanadi va unga chegarasigacha eritilgan tekshirilayotgan yog‘ 
quyiladi. Yog‘ni eritish 50
0
S da sekin amalga oshiriladi, Havo chiqishi uchun yog‘ga 2 ta 
nomerlangan kapsula joylanadi. To‘lgan oboymani (halqani) muz va suv aralashmasiga joylanadi
bunda suvning yog‘ga qo‘shilib ketmasligini nazorat qilib turish kerak. 15 minutdan keyin yog‘ 
sovigach oboymani sovituvchi aralashmadan olinadi va uni bir necha sekund issiq suvli stakanga 
(suv harorati 50-70
0
C) joylanadi, keyin chap qo‘l barmoqlari bilan oboymani ushlab o‘ng qo‘l 
barmoqlari bilan ramka dastasini ushlab, oboymani ramkadan ajratiladi. 
Shundan so‘ng kapsulani ramkadan suriladi va pichoq bilan uning tashqi devorlari yopishib 
qolgan yog‘lardan tozalanadi. Kapsulalarni 20 minut suv va muz aralashmasida saqlanadi, so‘ngra 1 
soat davomida 15
0
C li suvga joylanadi. 
Termostatlash tugagach kapsulalarni suvdan olinadi va uskunaning sovituvchi kamerasiga 
joylanadi. Kameradan uzluksiz ravishda, kamerada haroratni 15
0
C da saqlab turish uchun, suv 
o‘tkazib turiladi (atrof muhit harorati 20
0
C dan past bo‘lganda suv o‘tkazish shart emas). 
Vodoprovod jo‘mragi ochiladi va bosim orqali bochka 7ga uzluksiz suv beriladi, uni 
ortiqcha qismi to‘kuvchi trubka orqali tushirib turiladi 8-richag sekin bosiladi, 7 bochkacha shtoki 
ko‘tariladi, natijada suv bochkadan qabul qiluvchi bachokka o‘ta boshlaydi. Chap qo‘l bilan arretir 
4 olib tashlanadi. Yog‘ni sim bilan kesish vaqtida korom
ы
slo 3 kesuvchi moslama 11 va qabul 
qiluvchi bachok 10 bilan birga tusha boshlaydi va strelka shkalaning ikkinchi bo‘lagidan o‘tganda, 
zanjir 9 tushuvchi richag 8ni tortadi, u ilgichni chetga suradi, natijada ozod bo‘lib qolgan shtok 
tushib ketadi, bunda u qabul qiluvchi bachok 10ga suv kelayotgan klapanli teshikni yopadi. Qabul 
qiluvchi bachokning to‘lish davomiyligi quyidagicha: qattiqligi 300 g/sm gacha bo‘lgan salomas 
analizida 2-3 min, qattiqligi 500-800 g/sm bo‘lgan salomas analizida 4-5 min. 
Korom
ы
slo 3 ko‘tariladi va uni arretir 4 bilan mahkamlab, o‘lchash trubkasi 5 yordamida 
qabul qiluvchi bachok 10dagi yig‘ilgan suv ml miqdorida hisoblanadi. Graduirovka jadvalidan suv 
miqdori bo‘yicha qidirilayotgan salomasning qattiqligi aniqlanadi. 
Suvni qabul qiluvchi 10 va chiqaruvchi jo‘mraklarni o‘lchash trubkasi 5da nol holatga 
kelguncha ochilgach, qattiqlik o‘lchagich keyingi tajribalar uchun tayyor bo‘ladi. 
2-rasm.
Kamenskiyning qattialik o’lchagich asbobi
1-sozlash yukchasi; 2-pasangi; 3-tarozi dastagi; 4-arretir; 
5-o’lchovchi trubka; 6-shtok; 7-bochkacha; 8-
tushiruvchi dastag; 9-zanjir; 10-qabul qiluvchi bachok; 
11-kesuvchi moslama; 12-quyuvchi voronka; 13-
sovituvchi kamera. 


 152
Eslatma: 1)o‘lchash trubkasidagi nolinchi nuqta 0-14.5 mm ga to‘g‘ri keladi. 1) hisoblash 
yopiq apparat holatda nolinchi nuqtadan, pastdan yuqoriga amalga oshiriladi, mm. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin