ATIR SOVUN ASOSIGA ISHLOV BERISH
Reja:
Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press. SELA liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish
texnologik sxemasi. “Matssoni” liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish sxemasi. Xo‘jalik va atir
sovuni sifat ko‘rsatkichlari.
Atir sovun asosiga ishlov berish.
Atir sovun asosiga ishlov berish vakuum-quritish
kameralar yordamida bajariladi . Sovunni sovutish va quritish xo‘jalik sovunga o‘xshab vakuum
ostida mexanik ishlov berish uchun bir qator ketma-ket ishlaydigan shnekli mashinalar yordamida
amalga oshiriladi. Bizning zavodlarda unumdorligi 2 t/soat ELM, SELA liniyalari keng qo‘llaniladi.
Ba’zi zavodlarda esa unumdorligi 4 t/s bo‘lgan “Matssoni” liniyalari joriy qilingan.
Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
(58-rasm) atir sovunga tugal mexanik ishlov
berishga mo‘ljallangan. U turli balandlikda gorizontal joylashtirilgan ketma-ket ishlovchi ikkita bir
vintli shnek-presslardan iborat. Shnek-presslar bir-biri bilan vakumm kamera yordamida bitta
agregatga birlashtirilgan. Yuqorigi pressni shnegi, tishli g‘ildiraklar sistemasi va tasmali uzatma
orqali elektrodvigateldan harakatga keladi. Shnekni diametri 300mm, aylanish tezligi 12 ayl/min.
Shnek korpusi ko‘ylaka sirkulyasiya qiladigan suv bilan sovitiladi. Ta’minlovchi bunker orqali
yuqorigi shnek-pressga kelib tushgan sovun vermisheli yaxshilab aralashtiriladi, zichlashadi,
presslanadi, reshyotka orqali o‘tkaziladi va qo‘ltig‘li pichoq bilan kesib granul olinadi. Sovun
yuqorigi shnek-pressdan qoldiq bosimi 5,3-8 kPa (40-60 mm sim.ust.) bo‘lgan vakuum kameraga
tushadi. Bu yerda sovun massasi qisman quriydi va soviydi. Havoni so‘rib olish shnek-pressdan
chiqayotgan sovun brusining hovakligini kamaytiradi.
58-rasm. Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
Sovun massasi vakuum-kameradan granul holida pastki shnek-pressga beriladi. Bu shnekni
diametri yuqorigi shnek bilan bir xil. Aylanish tezligi 4,85 dan 17 ayl/min. gacha o‘zgarishi
mumkin. Shnek korpusini sovitish uchun ko‘ylagi bor. Shnekni ishchi kamerasi isituvchi ko‘ylak va
termorostlagich bilan ta’minlangan konussimon bosh qismi bilan birlashtirilgan. Konussimon bosh
qismida kalibr mavjud, uni yordamida shnek-pressdan chiqayotgan sovun brusini shakli
to‘g‘rilanadi. Pastki pressni shnegi alohida elektrodvigateldan reduktor orqali harakatga keladi.
134
Sovun shnek-pressda bosim ostida presslanadi plastik monolit massaga aylanadi va
konussimon bosh qismi teshigidan berilgan shaklda cheksiz brus holida chiqadi. Ikki pog‘onali
shnek-pressni unumdorligi soatiga 1t sovun.
59-rasmda SELA liniyasida atir sovun asosini tayyorlash va unga mexanik ishlov berish
texnolik sxemasi keltirilgan.
Sovun pishirish sexida natriy gidroksid eritmasi (2)bakdan nasos(H3) yordamida sarf
o’lchagich(3)ga uzatiladi. Sovun pishirish uchun tayyor holatga keltiriladi. To’g’ridan – to’g’ri
sovun pishirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parchalangan yog’ kislotalar,
sintetik yog’ kislotalar, distillangan yog’ kislotaldar, texnik hayvon yog’lari omborlardan yig’uvchi
sig’imlar (1)ga olinadi. Sovun resepturasi asosida hisoblangan ishqor sarfi miqdori sarf
o’lchagich(3) dan 28-30% li konsentrlangan ishqor eritmasi sovun pishirish qozoni(5)ga beriladi.
So’ngra qozonlarga ochiq bug’ berilib, qaynash darajasiga yetkaziladi. Yog’li xom ashyolardan,
qozonlarga tabiiy yog’lar, yog’ o’rnini bosuvchilar, sintetik yog’ kislotalar issiq holda beriladi.
Sovun pishirish jarayoni asta sekinlik bilan davriy ravishda ochiq bug’ yoki isitilgan xavo
yordamida amalga oshiriladi.
Asta sekin 40-42% li kaustik ishqor (NaOH) bilan sovunlash olib boriladi. Kaustik ishqor
oz-ozdan qaynatish va aralashtirish vaqtida berib turiladi. Sovunlanayotgan aralashmadagi ortiqcha
ishqor miqdori 0,1-0,2 % qilib jarayon oxirigacha yetkaziladi.
Sovunlash vaqtida eng avvalo erkin yog’ kislotalarini neytrallash jarayoni qatori so’ng
neytral yog’lar sovunlanadi. Kautik ishqor bilan sovunlash sovun asosida ortiqcha ishqor miqdori
30 minut davomida o’zgarguncha davom etadi. Shu usulda olingan sovun asosi bir jinsli bo’lishi,
tarkibidagi yog’ kislotalar miqdori 60% dan kam bo’lmasligi, ortiqcha ishqor miqdori 0,15 % dan
oshmasligi kerak. Shundan so’ng sovun pishirish jarayoni tugagan deb hisoblanadi. Sovun asosi (5)
qozonlardan nasos(H4) orqali maxsus saqlagich-sig’im(6) ga yuboriladi.
U yerdan (7) filtr orqali va 0,3MPa bosim ostida (H5) me’yorlovchi nasos yordamida
issiqlik almashuv (8) kolonkasiga uzatiladi. Bu yerda 80-90ºC dan 120-140ºC gacha isitiladi.
So’ngra issiq sovun vakuum-quritish (9) kamerasiga beriladi. Bu yerda sovun vakuum-quritish
kamerasini valiga mahkamlangan ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz
namligini yo’qotib soviydi va qisman quriydi. Kamerani devorlariga yupqa qatlam bo’lib yopishib
qolgan sovun valga o’rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi. Qirindi holidagi sovun yengli
bunkerda ikki (10) qo’sh shnek-pressga beriladi. Shnek-pressda sovun plastifikasiyalanadi, zich
massa hosil qilib presslanadi va mashinadan sovun strujka shaklida 11- lenta, 12-shnek, 13-noriya
va 14-shnek orqali 15- bunkerga tushadi. undan 16-shnek orqali 17-taroziga va keyin 18-
aralashtirgichga keladi. Bu yerda qo’shimcha komponentlar (hid, rang beruvchi moddalar
antioksidant, plastifikator va boshqalar) qo’shiladi.. So’ng 19-shnek-press(pelotez) ga tushadi va
qaytadan strujka hosil qilinadi. Diametri 8mm bo’lgan sovun vermisheli ekstruder(19)dan lentali
transportyor (20) yordamida uch valikli yanchish uskunasi(21)ga uzatiladi. Bu yerda “bargsimon”
sovun hosil qilish bilan tilishlash davom ettiriladi. “Bargsimon” sovun lentali transportyor orqali,
sovun massasiga tugal ishlov berish, brus holida qoliplash uchun ekstruder “DUPLEKS” (23)ga
beriladi.
Ekstruder konusidan chiqayotgan ikkita sovun chorqirrasi unumdorligi minutiga 200 sovun
bo’lagi bo’lgan kesuvchi mashina (26) bilan bo’laklarga kesiladi. Sovun bo’laklari transportyor (27)
yordamida ikki yo’nalishli shtamp-press(29)ga beriladi. Bu yerda sovunni 100 va 200g massali
to’rtburchak, 150g massali oval va figurali shakllari hosil qilinadi.
Sovun bo’lagiga yaltiroq tus berish va matrisani yuzasiga yopishib qolishini oldini olish
uchun, matrisa 55%li etilen glikol eritmasi bilan freonli sovutgich yordamida sovutiladi.
Sovutuvchi suyuqlikni harorati sovun titriga va qo’shimcha moddalarni xususiyatlariga bog’liq
bo’ladi. Masalan, qo’shimchasiz, yuqori titrli sovunlar uchun harorat (-10)÷(-12
0
С
) past titrli
yog’lovchi qo’shimchali sovunlar uchun (-25) ÷(-30
0
С
) bo’lishi kerak.
135
59– rasm. Uzluksiz ishlaydigan SELA liniyasida atir sovuni ishlab chiqarish texnologik sxemasi
136
Kesish va shtamplashdan keyin, sovunni ortiqchasi va yaroqsiz bo’laklari transportyor
yordamida ekstruder(23)ga qaytariladi.
Shtamplangan sovun bo’laklari ikkita transportyor yordamida bir, ikki va uch qavat qilib
o’raydigan “PACKSAVON” nomli o’rovchi mashinasi(31)ga beriladi. Sovun bo’lagini massasi 100
va 150g bo’lsa, uch qavatli o’ram zarur, 200g li sovunga bir yoki ikki qavatli o’ram bo’lishi
mumkin. Mashinani unumdorligi 100g massali bo’laklar uchun minutiga 170÷180, 150g li uchun
140 va 200g li uchun 120 bo’lakni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |