45
sariyog‘) qattiq holatda bo‘lib, qolgan ko‘p qismi suyuq holda bo‘ladi. O‘simlik yog‘lari esa iqlimiy
sharoitlarga qarab yer sharining turli nuqtalarida turlicha holatda tarkib topadi. Masalan, tropik
mamlakatlarda palma, kokos yog‘lari qattiq holda bo‘ladi.
Kungaboqar, paxta, soya, raps va boshqa
o‘simlik yog‘lari suyuq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq yog‘larga bo‘lgan extiyojni o‘simlik
yog‘larini gidrogenlab salomas ishlab chiqarish evaziga qoplanadi. Qattiq yog‘lar sanoatda katta
ahamiyatga ega, ular margarin, xo‘jalik va atir sovunlar, stearin ishlab
chiqarishda asosiy xomashyo
hisoblanadi.
Biroq MDHda tabiiy qattiq yog‘lar miqdori chegaralangan, suyuq o‘simlik yog‘lari esa ko‘p
miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun suyuq yog‘lar gidrogenlanib, qattiq holga keltiriladi.
Gidrogenlash mahsuloti salomas deyiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 5 ta gidrozavod ishlab
turibdi. Gidrogenlash suyuq yog‘ tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalarini vodorod bilan
to‘yintirishga asoslangan. Bunday jarayon natijasida to‘yinmagan suyuq yog‘
kislotalari pirovardida
to‘yingan va nisbatan yuqori haroratda suyuqlanadigan kislotalariga o‘tadi.
Har xil moddalarning molekulalararo kimyoviy reaksiyasining amalga oshishi uchun
bunday molekulalar o‘zaro ta’sirda bo‘lishi, ya’ni reaksiyaga kirishuvchi qismi bir-biri bilan
to‘qnashuvi zarur. Lekin ma’lum hajmda joylashgan va bir-biri bilan kerakli yo‘nalishda
to‘qnashgan bunday molekulalarning juda oz qismigina o‘zaro ta’sirga kirishadi. Bu hol, oz
miqdordagi molekulalargina energiyasining o‘zlaridagi bog‘larni o‘zgartirib yangi bog‘lar hosil
qilish, ya’ni yangi birikma hosil qilish reaksiyasini amalga oshirish uchun yetarli ekanligini
bildiradi. Berilgan reaksiyani amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan bunday
aktiv molekulalarning
minimal energiyasi uning aktivlash energiyasi deyiladi.
Molekulyar vodorod yuqori molekulali to‘yinmagan yog‘ kislotalariga va suyuq
yog‘larning asosini tashkil qiluvchi ularning glitseridlariga oddiy sharoitda birikmaydi. Yog‘
harorati ko‘tarilganda ham, shunindek bosim anchagina oshirilganda ham bunday reaksiya
bormaydi.
Bunday yog‘ kislotalariga vodorodning birikishi bu jarayonga spetsifik ta’sir ko‘rsatuvchi
maxsus moddalar – katalizatorlar ishtirokida yuz beradi. Ularning ta’siri natijasida reaksiyaning
tezlashuvi kataliz deyiladi.
Aftidan, vodorod va hatto biror-bir reaksiya natijasida “hosil bo‘lish momenti”dagi
vodorod ham qo‘shbog‘larni to‘yintirish uchun energetik barer deb ataluvchi energetik qarshilikni
yengish uchun yetarli aktivlikka ega bo‘lmasalar kerak. Bunday qarshilik katalizator ta’sirida ozmi-
ko‘pmi darajada kamayadi.
O‘simlik yog‘larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog‘ kislota tarkibiga bog‘liq.
O‘simlik yog‘larida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalar bor. (olein, linol va h.k. kislotalar),
ular bitta yoki bir nechta qo‘shbog‘ga ega. Gidrogenlash jarayonida to‘yinmagan
kislotalarni
to‘yinishi bilan birga qo‘shbog‘larni migratsiyasi va transizomerizatsiya sodir bo‘ladi, bu esa erish
harorati va yog‘ qattiqligini oshiradi.
Masalan: olein kislotasi:
Qo‘sh bog‘larning joylashishi T
er
.
0
C
9-10 sis 16
trans (elaidin) 44
11-12 sis 13
trans 39
Gidrogenlashda kungaboqar, paxta, soya, raps yog‘lari va soapstokdan ajratib olingan yog‘
kislotalari ishlatiladi. Gidrogenlash vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning
qo‘llanishiga bog‘liq. O‘simlik yog‘larini
qisman gidrogenlash bilan, erish harorati T
er
-31-34
0
C,
qattiq ligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo‘lgan salomas olinadi, bu salomaslar margarin,
kulinar yog‘lari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish harorati T
er
=35-37
0
C,
qattiqligi
550-750 g/sm bo‘lgan salomaslar olinib, ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: