O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Yog‘larni gidrogenlash jarayonining selektivligi



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Yog‘larni gidrogenlash jarayonining selektivligi. 
Yog‘larni gidrogenlash jarayonida uning 
tarkibi ya’ni yog‘ kislotalar, glitserid qismlarining o‘zgarishini o‘rganish natijasida qo‘yidagi 
umumiy qonuniyat ma’lum bo‘ldi. 
Bir necha qo‘sh bog‘li yog‘ kislotalar bosqichma-bosqich gidrogenlanadi va natijada qo‘sh 
bog‘i soni kam bo‘lgan kislotaga aylanadi. 
Kislota miqdori, % 


47
+H
2
+H
2
+H
2
Le L Ol S 
Linolen Linol Olein Stearin 
kislota kislota kislota kislota 
uchta ikkita bita 
qo‘sh bog‘li qo‘sh bog‘li qo‘sh bog‘li 
Linol va olein kislotalari bo‘lgan yog‘larni gidrogenlashda birinchi bo‘lib, linol kislotasi 
to‘yinadi. Bitta qo‘shbog‘li bir nechta kislotalarda birinchi bo‘lib uglerod atom soni kam bo‘lgan 
kislota to‘yinadi, ya’ni olein kislotasi eruk (S
22:1
) kislotasiga qaraganda tezroq gidrogenlanadi. 
Selektivlik qo‘shbog‘larni tanlab to‘yinishidir. Selektivlik yog‘ kislotalarining 
to‘yinmaganlik darajasi va molekulyar massasi bilan bog‘langan bo‘lsa uni radikal selektivlik 
deyiladi. Trilinoleindagi linol kislotasi birinchi navbatda to‘yinadi. Bunday tanlab to‘yinish – 
glitserid selektivlik deyiladi. Yog‘ kislotalarining to‘yinmaganlik darajasi katta bo‘lsa, gidrogenlash 
tezligi yuqori bo‘ladi. 
Masalan, linolen kislotasini olein kislotasigacha to‘yinish tezligi, olein kislotani stearin 
kislotasiga to‘yinish tezligidan 2-10 marta katta. To‘yinmaganlik darajasi har xil bo‘lgan yog‘ 
kislotalari aralashmasini gidrogenlashda gidrogenlash tezliklari farqi katta bo‘ladi. 
Masalan, soya moyini nikel katalizatori ishtirokida yuqori haroratda gidrogenlash jarayonida 
linolen, linol, olein kislotalari atsillarining to‘yinish tezlik konstantalari nisbati quyidagicha bo‘ladi. 
k
LE 
: k
L
: k
OL
= 30 : 20 : 1 
To‘yinmagan yog‘ kislota atsillarini gidrogenlash tezligi triglitserid tuzilishga bog‘liq 
bo‘lmaydi.
Yog‘larni gidrogenlashdagi radikal selektivlik katalizator xossalari va aktivligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Yuqori aktivlikka ega bo‘lgan katalizatorlar, ba’zan aktivligi kamroq bo‘lgan 
katalizatorlarga nisbatan kam selektivlik namoyon qiladi. Lekin bu hol faqat ma’lum metall 
negizida tayyorlangan, aktivligi jihatdan bir-biridan farq qiladigan katalizatorlarga xosdir. Masalan, 
yangi tayyorlangan katalizatorga nisbatan bir qancha vaqt ishlatilgan nikelli katalizatorda 
gidrogenlash jarayoni yuqori selektivlikda ketadi. Palladiyli katalizator o‘zidan anchagina aktivligi 
past bo‘lgan nikelli katalizatorga nisbatan yuqori selektivlik namoyon etadi. 
Paxta, kungaboqar va shularga o‘xshash yog‘lar gidrogenlanayotganda harorat oshirilsa, 
radikal selektivlik ham kuchayadi. Bosimni ko‘tarish esa, selektivlikning pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Ishlatilayotgan katalizatorning miqdori ham gidrogenlash jarayonining selektivligiga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Nikel va boshqa katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash jarayonida selektivlik harorat 
pasayishi bilan pasayadi. Jarayon selektivligi bilan harorat orasidagi munosabat linol va linolen 
kislotalarni gidrogenlash mexanizmiga bog‘liqdir.
Avval linol va linolen kislotalar katalizator yuzasida tutash qo‘shbog‘li izomerlarga 
aylanadi, so‘ngra tutash qo‘shbog‘li dienlar yuqori tezlik bilan monoenlargacha gidrogenlanadi. 
Yuqorida qayd etilgan kislotalarning tutash qo‘sh bog‘li izomerlari hosil bo‘lishi harorat ko‘tarilishi 
bilan mos ravishda selektivlik oshadi. 
O‘simlik yog‘lari qovushqoqligi harorat pasayishi bilan ortadi va suyuq fazadan selektiv 
gidrogenlangan mahsulotni olish sekinlashadi. Natijada katalizator yuzasida linolen kislota 
glitseridlarini konsentratsiyasi kamayadi. Monoto‘yinmagan kislotalar glitseridlarini suyuq fazadagi 
konsentratsiyasi ortadi va monoto‘yinmagan kislota atsillarining gidrogenlanishi oshadi va jarayon 
selektivligi pasayodi. 
Jarayon 
selektivligi 
pasayishiga, vodorod bosimini oshishi ham yordam beradi. Bosim 
oshishi bilan katalizator yuzasida vodorod konsentratsiyasi oshadi natijada to‘yinmaganlik darajasi 
turli bo‘lgan yog‘ kislotalarning birdaniga gidrogenlanishi ehtimoli oshadi. 
Amalda yog‘larni gidrogenlash yod soni 50-80 bo‘lguncha olib boriladi. Shuning uchun 
selektivlik salomasning xususiyatiga ta’sir qiladi. 


48
Ko‘rsatkichlar paxta yog‘i selektiv gidrogen- noselektiv
langan yog‘ gidrogenlangan yog‘ 
Y.s. % J
2
109,8 71,0 73,2 
T
er

0
C - 30,6 35,5 
Kislota tarkibi, % 
L 50,3 8,4 18,5 
Ol 20,1 60,5 43,8 
To‘yingan 29,6 31,1 37,7 
Selektivlik darajasi to‘yinmagan yog‘ kislotalarni gidrogenlash reaksiyasi tezlik 
konstantalari nisbati bilan aniqlanadi.
Linolen kislotani gidrogenlash tezligi (dL/ d
τ
) vodorod bosimi o‘zgarmagan holatda 
quyidagi formula bilan ifodalanadi. 
dL/ d
τ
=-k
L


bu yerda: k
L
-linol kislotani gidrogenlanish tezligi konstantasi. 
L-linol kislotani konsentratsiyasi
Olein kislotani gidrogenlanish tezligi quyidagicha 
dS/ d
τ
=k
OL
·Ol ; 
bu yerda: dS/ d
τ
-stearin kislotaning yig‘ilish konsentratsiyasi. 
k
OL
-olein kislotani gidrogenlanish tezligi konstantasi. 
Gidrogenlash selektivligi quyidagi formula bilan topiladi. 
S
l
= K
l
/K
ol
Selektivlik jarayoni katalizator tabiatiga bog‘liq. Mis-nikel katalizatori nikel katalizatoriga 
qaraganda selektivroqdir, nikelga qaraganda palladiy katalizatori selektiv hisoblanadi. Ishlatilgan 
kattalizator yangi katalizatorga qaraganda selektivliroqdir.
Selektivlik turli omillarga bog‘liq (harorat, vodorod bosimiga). Harorat ko‘tarilishi bilan 
selektivlik oshadi, vodorod bosimi oshishi bilan selektivlik kamayadi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin