4.2.
ZICHLIGINI ANIQLASh
Sutning zichligi deganda (d
4
) + 20
0
C haroratda sut og‘irligining xuddi shu hajmdagi +4
0
C
haroratdagi suv og‘irligiga nisbati tushuniladi.
Sutning zichligi uning tarkibiy qismining zichliklari yig‘indisidan iborat, ya’ni: sut yog‘i,
sut qandi, oqsil, tuzlar, limon kislotasi.
Sanoatda ishlatiladigan sutning o‘rtacha zichligi 1,030 ga teng.
Sigirning zoti, boqish sharoitlari va bir qator boshqa faktorlarga bog‘liq ravishda sutning
zichligi 1,026-1,034 atrofida o‘zgarishi mumkin. Har 10% suv qo‘shilganda zichlik taxminan 0.003
ga yoki 3
0
laktodensimetrda kamayadi. Zichlik haroratga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Sutning zichligini aniqlashda harorati +10 dan +25 gacha bo‘lishi kerak.
154
Asboblar:
silindr, laktodensimetrlar.
Ishning bajarilishi.
Sinovdan oldin sut yaxshilab aralashtiriladi va olingan namunani
sekinlik bilan ko‘pik hosil qilmasdan diametri 5 sm dan kichik bo‘lmagan silindrga devori bo‘ylab
quyiladi, bunda silindrni ozgina qiyalatib ushlab turish kerak.
Hisobdan oldin sutli silindr tekis gorizontal tekislikda shunday qo‘yiladiki, tushayotgan
yorug‘lik to‘g‘ri va aniq hisoblashga imkon bersin.
4-rasm.
Laktodensimetr.
4.3. YOG‘LILIGINI ANIQLASh
Yog‘ sutda kichik yog‘ sharchalari ko‘rinishida tarqalgan. Sharchalarning kattaligi 0.5 dan 5
µ
gacha bo‘ladi, ayrim yog‘ sharchalari 10
µ
gacha diametrga ega bo‘lishi mumkin.
Sutdagi yog‘ning miqdori 3 dan 6 % gacha bo‘lishi mumkin. O‘rtacha sutda 3.2% atrofida
yog‘ bor deb hisoblanadi.
Yog‘ sharchalari chegarasi atrofida uning suv bilan to‘qnashadigan joyida oqsil moddalari
va letsitinning yuqori konsentratsiyali qatlami hosil bo‘ladi. Bu qatlam yog‘ parchalarining
qobig‘ini hosil qilib, ularning yopishishiga to‘sqinlik qiladi.
Sutdagi yog‘ miqdorini aniqlash uchun yog‘ parchalarining sutdagi boshqa komponentlar
bilan, asosan oqsil moddalari bilan bog‘larni buzish kerak.
Buning uchun sut konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanadi. Natijada kazeinning sulfat
kislota bilan jigar rangdagi eruvchan kompleks tuzi hosil buladi. Barcha oqsillar kislotada bir xil
tezlikda erimaganligi tufayli yog‘ning ajralishini tezlashtirish uchun yog‘ o‘lchagichni (buterometr)
qizdiriladi va silkitiladi.
Sutning zichligini aniqlash uchun maxsus sut areometrlari-
laktodensimetrlar ishlatiladi (20-rasm). Aniqlashda sutga toza
va quruq, 1.030 gacha bo’limlari bo’lgan laktodensimetr
solinadi va uni erkin suzib turgan holatda qoldiradi. Areometr
cilindr devorleriga tegmasligi kerak, devorgacha bo’lgan
masofa 5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Harorat va zichlik
ko’rsatkichlarini hisoblash areometr harakatsiz holatgada
qolgandan taxminan 1 minut o’tgach amalga oshiriladi.
Zichlikni aniqlashda, ko’z, chiziqcha sathi bilan baravar turishi
kerak. Zichlikni hisoblash chiziqni yuqori chegarasi bo’yicha
0.0005 gacha aniqlikda, haroratni hisoblash 0.5
0
С
gacha
aniqlikda amalgam oshiriladi. Parallel aniqlashlar orasida farq
0.0005 dan oshmasligi kerak. Aniqlash paytida sutning harorati
20
0
С
dan yuqori yoki past bo’sa natijalar 20
0
С
li jadvalga
solishtirilishi kerak (ilovadagi jadval).
Jadvalni ishlatishda vertical ustundan darajalardagi zichlik
kiymatini topiladi, yuqori gorizontal ustundan harorat topiladi.
Ustunlarning kesishish joyida sutning 20
0
С
dagi zichligi
topiladi.
Misol: Hisoblash qiymatlari sut harorati 16
0
С
, zichligi 1.030.
Jadvaldan zichlik 30 va 16 haroratga 29.0 laktodensimetr to’g’ri
keladi yoki
0290
,
1
20
4
=
d
155
Yog‘ning to‘liq va tez ajralishini ta’minlash uchun izoamil spirti ko‘shiladi. Keyinchalik
sentrifugalashda ajralgan sut yog‘i yog‘ o‘lchagichning gaduirovkalangan qismida to‘planadi.
Reaktiv va asboblar: buterometr, avtomat-pipetka, sentrifuga, sulfat kislota, suv hammomi.
Ishning bajarilishi. Toza, quruq yog‘ o‘lchagichga (buterometr, 5-rasm) og‘zini ho‘l
qilmasdan asta-sekin avtomat pipetka yordamida 10 ml sulfat kislota (solishtirma og‘irligi 1.81-
1.825) solinadi. Keyin pipetka bilan tekshirilayotgan sutdan 11 ml o‘lchab olinadi, bunda 11 ml li
ko‘rsatuvchi chiziqcha sut sathining pastki qismiga to‘g‘ri kelsin. Shundan so‘ng, pipetkani ozgina
qiyalatib ushlab, uning uchini yog‘ o‘lchagich ichki devori ustiga qo‘yiladi, so‘ng barmoqni sekin
ko‘tarib, sutni sekin asta yog‘ o‘lchagichga tushiriladi, bunda sut sulfat kislota bilan aralashib
ketmasligi kerak, shuning uchun sut sekin tushiriladi.
Pipetkada qolgan oxirgi tomchi sutlarni puflab chiqarish mumkin emas, chunki pipetkaning
hajmi bu qoldiqni inobatga olgan. Sutni quyib bo‘lgach yog‘ o‘lchagichga uning og‘zini ho‘l
qilmasdan asta-sekin avtomat pipetka yordamida 1 ml izoamil spirti quyiladi. Favqulodda yog‘
o‘lchagich (jiromer) og‘ziga suyuqlik tushsa filtr qog‘oz bilan ichidan artib tashlanadi (agar og‘zi
ho‘l bo‘lsa rezina tiqin otilib ketadi). Dastlab yog‘ o‘lchagich sekin, keyin kuchliroq ikki-uch marta
ag‘darib silkitiladi. Ag‘darganda o‘ng qo‘l bosh barmog‘i bilan tiqin ushlab turiladi. Kuyishdan
saqlanish maqsadida silkitishdan oldin yog‘ o‘lchagich (jiromer) sochiqqa o‘rab olinadi. Silkitish va
ag‘darish natijasida oqsil moddalar to‘liq erishi, eritma esa bir jinsli bo‘lish kerak. Silkitish paytida
eritmaning harorati oshadi. Yog‘ o‘lchagich sovumasdanoq uni darhol sentrifugalanadi.
Yog‘ o‘lchagichni maxsus sentrifuganing o‘ramalariga ingichka qismi bilan markaziga
joylanadi, ularni bir-biriga qarama-qarshi turadigan qilib simmetrik ravishda joylashtiriladi. Agar
yog‘ o‘lchagichlar soni toq bo‘lsa, u holda muvozanat bo‘lishi uchun suv bilan to‘ldirilgan yog‘
o‘lchagich joylashtiriladi.
So‘ngra sentrifuga qopqoq bilan yopiladi, gayka burab qo‘yilib, aylantiriladi, aylanishlar
soni minutiga 1000 marta bo‘lishi kerak. Sentrifugalash 5 minut davom etadi, shundan so‘ng
sentrifuga sekin-asta to‘xtatiladi. Keyin yog‘ o‘lchagichlar o‘ramalardan olinadi, ingichka qismidan
tepaga ushlab, tiqin bilan ajralgan yog‘ ustuni rostlanadi, bunda rezina tiqin ko‘tariladi yoki sekin
bo‘shatilib yog‘ naychada (trubkada) shkala bo‘limlari bilan yonma-yon turishi kerak va ingichka
qismini tepaga qaratib harorati 65-70
0
S bo‘lgan suv hammomiga joylanadi. 5 minutdan so‘ng yog‘
o‘lchagichlar chap qo‘l bilan suvdan olinib, tezda sochiq bilan artiladi, o‘ng qo‘l bilan esa rezinali
tiqinni tepaga va pastga harakatlantirish hisobiga yog‘ ustunining pastki chegarasini shkalaning
qaysidir butun bo‘lagiga keltiriladi. Keyin tezda yog‘ning pastki chegarasidan yog‘ chegarasi
egilgan meniskasi pastki nuqtasigacha bo‘lgan bo‘limlar hisoblanadi. Hisoblash yog‘ o‘lchagich
5-rasm. Yog‘ o‘lchagich
Sutni pipetkadan quyish vaqtida
uning uchi sul’fat kislotaga tegib
turmasligini kuzatib turish kerak,
aks holda sut ivib qolishi mumkin
va tushmay qoladi. Sut pipetkadan
oqib tushgach uni buterometr
devoridan olib tashlanadi, qolgan
sut tomchilari erkin oqib tushadi.
156
shkalasini ko‘z sathida ushlab amalga oshiriladi. Yog‘ o‘lchagich shkalasining bitta butun bo‘lagi
100 ml sutda 1 g yog‘ga to‘g‘ri keladi, kichik bo‘lagi esa 0.1 g yog‘ga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |