O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
 
 


 158
5.2. KISLOTALIGINI ANIQLASh 
 
Kislotalik deganda, 100 g margarinni neytrallash uchun kerak bo‘lgan normal ishqor 
eritmasining millilitr miqdori tushuniladi. Margarin kislotaligi Ketstorfer darajalarida hisoblanadi, u 
margarinning yog‘ va suv-sut fazasini umumiy kislotaligini xarakterlaydi. 
Usul prinsipi. Usul erkin yog‘ kislotalari, oqsillar, nordonfosfor va nordon limon tuzlarini 
ishqor eritmasi bilan neytrallashga asoslangan. 
Reaktiv va materiallar:
dietil efiri va etil spirtini neytrallangan aralashmasi (2:1), 
fenolftaleinni 1%-li eritmasi, gidroksid kaliyni 0,1 n eritmasi; 100 ml li konussimon kolba. 
Ishning bajarilishi.
Hajmi 100 ml bo‘lgan kolbaga 5 g margarin tortib olinadi. Margarinni 
eritish uchun kolbani issiq suvda ozgina qizdiriladi, 20 ml spirt-efir aralashmasi, 3 tomchi 1% li 
fenolftalein eritmasi qo‘shiladi va KOH ning 0.1 n eritmasi bilan doimiy aralashtirilib, 1 minut 
davomida yo‘qolmaydigan pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. 
Margarin kislotaligi Ketstorfer darajalarida quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
X = 10

a/m 
bu yerda a – 0.1 n KOH eritmasining titrlashga sarflangan millilitr miqdori, ml; R – 
margarin namunasini og‘irligi, g. 
 
5.3. QURUQ QOLDIQ MIQDORINI ANIQLASh 
Kerakli reaktiv va asboblar: 
petroley efiri, 200 ml li stakanlar, elektrisitgich, termostat, 
kolba, eksikator. 
Ishning bajarilishi
. Sig‘imi 200 ml li, oldindan quritilgan tayoqchali stakanga 3-4 g 
margarin joylanadi. Stakanni yopiq elektrisitgichga qo‘yiladi va uzluksiz aralashtiriladi. Namlikni 
yo‘qotilganini sovuq oynani yoki soat oynasi xiralashmaganidan aniqlanadi. Stakan devorlaridagi 
namlikni yo‘qotish uchun uni ko‘shimcha yana 20 minut 100-105
0
C da termostatda quritiladi. 
Stakan sovitiladi va 50 ml petroley efiri stakan devorda qolgan yog‘ tomchilarini yuvib ketishi 
uchun devor bo‘ylab quyiladi, tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra 20 minut tinch 
qo‘yiladi. Tindirilgan tiniq eritma asta-sekin kolbaga solinadi, bunda qoldiq ustida ozroq miqdorda 
efir qoldiriladi. Stakandagi qoldiq, efir bilan 3-4 marta yuviladi, har bir yuvishga 30 ml atrofida 
petroley efiri olinadi. Yuvishni filtr qog‘ozga efir tomizib bug‘langanda yog‘ izlari qolmasa 
to‘xtatiladi. Stakandagi yuvilgan cho‘kma termostatga joylanadi va 100-105
0
C da 1-1.5 soat 
davomida (doimiy og‘irlikkacha) quritiladi va ekstraktorida sovitilgach tortiladi.
Margarindagi quruq modda miqdori (Q) % da quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Q = (m
1
– m
2
) 100 / m, 
bu yerda m
1
– quruq qoldiqli va tayoqchali stakan og‘irligi, g; m
2
– tayoqchali stakan 
og‘irligi,g; m – margarin og‘irligi,g. 
Yog‘ni massa ulushini hisoblash usuli bilan aniqlash. 
Margarindagi yog‘ni protsent miqdorini (x) quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:
X = 100 – (W + Q) 
bu yerda W – margarindagi namlik miqdori, %; Q – margarindagi quruq modda miqdori, %. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin