O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
 
6 - LABORATORIYA ISHI 
SOAPSTOKNING ANALIZI 
 
Soapstok o‘simlik moylarini rafinatsiya qilishda hosil bo‘lib, rafinatsiya jarayonining 
chiqindisi hisoblanadi. Soapstokning tarkibi qaysi o‘simlik moyini rafinatsiya qilishga va moyni 
sifatiga bog‘liq. Soapstokning tarkibida 35-40% yog‘ kislotalarining natriyli tuzi-sovun bo‘lishi 
bilan bir qatorda, 10-20% neytral yog‘, 3-5% fosfatidlar, 2-3% gossipol va uning hosilalari, suv, 
erkin ishqor va boshqa yog‘ga hamrox moddalar bo‘ladi. Paxta moyini rafinatsiya qilganda hosil 
bo‘lgan soapstokning tarkibi boshqa o‘simlik moylaridan hosil bo‘lgan soapstoklardan 
boshqacharoq bo‘ladi. Chunki paxta moyida fosfatidlar, erkin yog‘ kislotalari bilan bir qatorda rang 


 159
beruvchi moddalar ya’ni gossipol va uning hosilalari bo‘ladi. Soapstokni sifati rafinatsiya sexi ish 
faoliyatining asosiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Soapstokda neytral yog‘ni miqdori kam 
bo‘lishi kerak, bu esa rafinatsiya sehida tozalangan yog‘ni nobudgorchiligini kamaytirishning 
asosiy omillaridan biridir.
6.1. SOAPSTOK YOG‘LILIGINI ANIQLASh 
Ishning maqsadi. Soapstokni yog‘liligini ya’ni uni tarkibidagi yog‘ kislotalari va neytral 
yog‘ miqdorini aniqlash, neytralizatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar miqdorini hisoblash 
va uni me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash. 
Reaktiv va asboblar:
metiloranj, 10% li sulfat kislota, dietil efiri, Na
2
SO

tuzi, 250 ml li 
konussimon kolba, ajratgich voronka, suv hammomi.
Ishning bajarilishi
. Yaxshilab aralashtirilgan soapstokdan 5 g tortib olinib kolbaga solinadi 
va uning ustiga 50 ml issiq suv qo‘shiladi. Kolba ichidagi soapstok bilan issiq suv yaxshilab 
chayqatib aralashtirilgandan keyin uning ustiga 10% li sulfat kislotasi asta-sekin tomchilatib kislota 
muhiti hosil bo‘lguncha quyiladi. Kislota muhitini bo‘lishi metiloranj indikatori yordamida nazorat 
qilib turiladi. Natijada yog‘ kislotalarining natriyli tuzi sulfat kislotasi bilan reaksiyaga kirishib yog‘ 
kislotasini hosil qiladi: 
2RCOONa + H
2
SO

= 2RCOOH + Na
2
SO

Kolba ichidagi moddalarni qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi. Qizdirish jarayoni 
yog‘ kislotalarini va neytral yog‘ning to‘la ajralguncha davom ettiriladi. Yog‘ kislotasi bilan neytral 
yog‘ning aralashmasi tiniq holatga o‘tganligi, ularni to‘liq hosil bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Keyin kolba ichidagi aralashma sovitiladi. Kolbaga 25 ml dietil efiri quyilib, yog‘ kislotasi bilan 
neytral yog‘ to‘liq eriguncha aralashtiriladi. Kolba ichidagi barcha aralashma hajmi 500 ml bo‘lgan 
ajratuvchi varonkaga quyiladi va 10-20 min davomida tindiriladi. Natijada ikkita qatlam hosil 
bo‘ladi. Yuqorigi qatlamda dietil efirida erigan yog‘ kislotasi bilan neytral yog‘ bo‘lsa, pastki 
qatlamda suv yig‘iladi. Suv qatlamini soapstokni parchalashda ishlatilgan kolbaga quyiladi, efir 
qatlami esa 250 ml li toza kolbaga quyib olinadi. Kolba ichidagi suv ustiga yana 25 ml dietil efiri 
quyiladi, yaxshilab aralashtirilgandan keyin bo‘shagan ajratgich voronkaga solinadi va 10-15 min 
tindiriladi. Hosil bo‘lgan suv qatlamini ishlatilgan kolbaga tushiriladi, efir qatlamini esa efir 
yig‘ilayotgan kolbaga quyiladi. Kolbadagi suvli aralashmadan yog‘ kislotasi bilan neytral yog‘ni 
efir yordamida to‘liq ajratib olguncha shu jarayon qaytariladi. Odatda tajribani oxiriga yetkazish 
uchun 3-4 marta 25 ml dan dietil efiri sarflanadi. Barcha yig‘ilgan efir aralashmasi ajratgich 
voronkaga quyilib, neytral reaksiyagacha suv bilan yuviladi va yuvilgan suv metiloranj bilan 
tekshiriladi. Yuvilgan efir aralashmasi toza 250 ml li kolbaga quyilib, uning ustiga sulfat natriydan 
(Na
2
SO
4
) oz miqdorda solinib yaxshilab aralashtiriladi, natijada tiniq efir aralashmasi hosil bo‘ladi. 
Kolbadagi sulfat natriyni filtrlash yordamida efir aralashmasidan ajratib olinadi. Buning uchun toza, 
tortilgan 250 ml li sayqalli kolbaga filtrlanadi. Natriy sulfat qoldig‘i va filtr qog‘ozi dietil efiri bilan 
to‘liq yuviladi. 
Neytral yog‘ va yog‘ kislotasi aralashmasidan efir sovitkich va suv hammomi yordamida 
uchiriladi. Kolbada qolgan yog‘ kislotasi bilan neytral yog‘ aralashmasi quritish shkafida 75-80


da quritiladi. Quritish jarayoni kolbadagi aralashmaning og‘irligi bir xil bo‘lguncha davom 
ettiriladi.
Soapstok yog‘liligi (%da) quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
Cyo = m
1

100/m, 
bu yerda m
1
-yog‘ kislotalari va neytral yog‘ miqdori, g; m-analizga olingan soapstok 
miqdori, g; 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin