O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


O‘zbek tili morfonologiyasi tilshunoslikning



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
125398 (1)

O‘zbek tili morfonologiyasi tilshunoslikning
alohida bo‘limi sifatida 
Fonema so‘z va morfemalar ichida yashaydi. Demak, fonemalar so‘z va 
morfemalarniig ichida diskret element sifatida o‘zaro sintagmatik munosabatda 
bo‘ladi. Har bir tilda so‘z va morfemalarning ma’lum fonetik struktura tiplari 
(modellari) mavjud. Ammo mazkur masala shu vaqtga qadar tilshunoslikda yetarli 
o‘rganilmadi. Shu bilan birga, ma’lum so‘z bir necha morfemalar munosabatidan 
tashkil topishi va ma’lum morfema turli morfemik qurshovda turlicha allomorf 
(variat)lar sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Masalan: 
qizil + ar – qizar (il-o), 
sarig‘ + ay (ar) – sarg‘ay (i-o), bilak + i – bilagi (k-g)
kabi so‘zlarda 
qizil – qiz, 
sarig‘ – sarg‘, bilak – bilag
morflari bir morfemaning ma’lum pozitsiyaga 
xoslangan turli varnantlaridir. Bu o‘rinda k-g allofonlarining almashinuvi hech 
qanday fonologik funksiya bajarmaydi. Yoki rus tilidagi 
begu – bejish
tipidagi 
almashinuv fonologiyaning ham, grammatikaning ham tekshirish ob’ektiga 
kirmaydi. Chunki fonologiyaning vazifasi ma’lum tildagi fonemalar miqdori va 
sistemasini 
belgilash, 
shuningdek, 
fonemalarning 
pozitsiyalari 
bo‘yicha 
bo‘linishini va har qaysi pozitsiyada fonemalar variatsiyalarining hosil bo‘lishini 
tavsiflashdan iborat, grammatika grammatik ma’no va uning ifodalanish vositalari 
haqidagi ta’limotdir. 
Morfologik almashinish, o‘z-o‘zidan, fonetika bo‘limida o‘rganilmaydi. 
Chunki bu yerda hech qanday fonetik hodisa yo‘q. Shuning uchun, avvalo, 
yuqoridagi fonetik almashinishning xarakterli xususiyatlariga alohida e’tibor 
berish, uning tilshunoslikning qaysi bo‘limi tekshirish ob’ekti bo‘lishi kerakligini 
aniqlash lozim. 
Tovush almashinuvi uzoq vaqtlardan buyon lingvistlar tomonidan o‘rganib 
kelinadi. Qiyosiy tilshunoslik o‘zining dastlabki taraqqiyot boschichidayoq tovush 
almashinuviga katta e’tibor berdi. Ayniqsa, german tillari tadqiqotchilari mazkur 
masalani alohida o‘rganadilar.
Yaqin yillargacha hind-ovrupo tillarida unlilar almashinuvi (ablaut) fonetik 
hodisa hisoblanib kelindi. Bunday qarash, ayniqsa, yosh grammatikachilar 
maktabiga (K.Brugman, G.Xirt va h.k.

xosdir. Ablautga fonetik hodisa sifatida 
qarash hozir ham ayrim tilshunoslar asarlarida, ayniqsa, slavyan tilshunosligida 
keng tarqalgan.
1
Tovush almashinuvlariga bunday qarashni A.A.Reformatskiy 
haqli ravishda keskin tanqid qildi.
2
Tilshunoslik tarixida tovush almashinuvi nazariyasining ishlanishida Boduen 
de Kurtene va N.V.Krushevskiy alohida o‘rin egallaydi. Ular birinchi bo‘lib 
tilshunoslik tarixida tovush o‘zgarishlari va almashinuvlarini bir-biridan farqlab 
o‘rgandilar. I.A.Boduen de Kurtene tildagi barcha tovush almashinuvlarini ikki 
kategoriyaga bo‘ladi: 
kombinator xoslangan alternatsiyalar; traditsiyaga 
asoslangan alternatsiyalar
. U birinchi tipdagi alternatsiyalarni fonetikaga, ikkinchi 
tipdagilarni esa morfologiyaga kiritish lozimligini tavsiya qiladi. 
1
Бернштейн С.Б. Введение в славянскую морфологию // ВЯ. 1968. №3. – С.45. 
2
Реформатский А.А. О соотношении фонетики и грамматики (морфологии) // Вопросы 
грамматического строя. – М., 1955. – С.100. 


F.de Sossyur ko‘pgina lingvistlar almashinuv materiali tovush bo‘lgani uchun 
uni fonetik hodisa hisoblab xatoga yo‘l qo‘yayotganini, almashinuv qanday 
material asosidan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, u grammatikaga oidligini 
ta’kidlaydi.
1
Lekin mazkur hodisa grammatikaning tekshirish ob’ektidan ham birmuncha 
farq qiladi. U vaqtda yuqoridagi hodisalar tilshunoslikning qaysi bo‘limiga oid 
bo‘lishi kerak?
Til va uni o‘rganadigan tilshunoslik birliklari uyg‘unligi uchun doimo 
qayg‘urib kelgan I.A.Boduen de Kurtenening o‘zida ham bu masala ochiq qoldi. 
Shunga qaramay, I.A.Boduen de Kurtene asarlari tilshunoslikda fonetika va 
morfologiya oralig‘ida yangi bo‘limning ajralib chiqishiga turtki berdi. Uning 
g‘oyalariga 
tayanib 
N.S.Trubetskoy 
morfonologiya 
(fonomorfologiya) 
nazariyasiga asos soldi. 
E.A.Makayev va Ye.S.Kubryakova haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, 
I.A.Boduen de Kurtene ham, N.V.Krushevskiy ham mazkur sohadagi izlanish 
natijalarini bir nazariya doirasida umumlashtirmadilar. Tilshunoslikning yangi 
bo‘limi – morfonologiyaning haqiqiy yaratuvchisi N.S.Trubetskoy bo‘ldi. 
N.S.Trubetskoy ma’lum bir tilning fonologik vositalarini morfologik nuqtai 
nazardan o‘rganishni morfonologiya ob’ekti hisoblaydi. Uning fikricha, faqat som 
va hind-ovrupo tillari grammatikasidagina emas, balki barcha tillar grammatikasida 
fonologiya va morfologiya oralig‘ida ularni bog‘lab turuvchi «ko‘prik» sifatida 
morfonologiya faxriy o‘rin olishi kerak. Morfologiyaga ega bo‘lmagan tillar 
morfonologiyaga ham ega bo‘lmaydi. Morfonologiya har bir tilning o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Morfonologiya nuqtai nazaridan qaralgan 
ayrim til tiplarini esa dunyo tillarining ratsional tipologiyasida guruhlarga ajratish 
ancha qulay. 
N.S.Trubetskoy morfonologiya nazariyasi quyidagi uch bo‘limni o‘z ichiga 
olish kerakligini ko‘rsatadi: 
1. Morfemaning fonologik strukturasi haqidagi ta’limot. 
2. Morfemalar o‘zaro birikkanda, morfema tarkibida yuz beradigan 
tovushlarning kombinator o‘zgarishlari haqidagi ta’limot. 
3. Morfologik funksiya bajaradigan tovush almashinuvi haqidagi ta’limot. 
Mazkur uch bo‘limdan faqat birinchisi hamma tillar uchun bir xil ahamiyatga 
ega. Bunga ko‘ra, morfonologiyaning birinchi vazifasi har qanday tildagi o‘zak va 
affiks morfemalarning fonetik (fonologik) strukturalarini o‘rganishdir. Darhaqiqat, 
o‘zak va affiks morfemalarning fonetik (fonologik) strukturalarini o‘rganish 
ma’lum bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyatga ega. 
Chunki ayrim undosh va unli fonemalarning ma’lum morfemada qo‘llanishi 
cheklangan. Masalan, turkiy o‘zak morfema boshida hech qachon 
ng
undoshi 
kelmaydi. Shuningdek, sof turkiy so‘zlar o‘zagida qo‘sh undoshlar ham 
ishlatilmaydi (st, lt kabilar mustasno). Singarmonizmga amal qiladigan tillarda 
o‘zak morfema tarkibida ishlatiladigan unlilar tarkibi affiks morfemalardagiga 
nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Chunki affiks morfemalar vokalizmining ko‘p belgilari 
1
Соссюр Ф.де. Курс общей лингвистики. – М., 1933. – С.148. 


o‘zak morfema unlilariga bog‘liq.
Morfonologiyaning boshqa bo‘limlari o‘rganadigan hodisalar turli tillarda 
turli darajada namoyon bo‘ladi. Jumladan, agglyutinativ tillarda ikkinchi bo‘lim 
morfonologiyaning asosiy bo‘limi hisoblanadi.
2
A.A.Reformatskiy fikriga ko‘ra, N.S.Trubetskoyning morfonologiya haqidagi 
ikkinchi punktida aks etgan «kombinator tovush o‘zgaruvi» ifodasi hodisa 
mohiyatini xarakterlamaydi. U bu o‘rinda morfemalar varianti (p, ech – p, ek) yoki 
fonemalar almashinuvi (k-ch) haqida gap ketishi kerakligini aytadi. 
Shunday qilib, hozirgi kunda morfonologiya tilshunoslikning alohida bo‘limi 
sifatida ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan tan olindi. Faqat roman, german, slyavan 
tilshunosligidagina 
emas
3

balki 
turkologiyada 
ham 
mazkur 
masalaga 
bag‘ishlangan bir qator asarlar maydonga keldi.
4

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin