O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
125398 (1)

Morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti 
 
Morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti masalasida N.S.Trubetskoydan keyin 
turli xil fikrlar yuritildi. Xususan, A.A.Reformatskiy N.S.Trubetskoy tavsiya 
qilgan 
uch 
bo‘limning 
faqat 
oxirgisi 
– an’anaviy almashinuvlargina 
morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. «Russkaya 
grammatika» (1980)da ham xuddi shunday pozitsiya ko‘zga tashlanadi.
S.B.Bernshteyn, avvalo, fonetik o‘zgarishlar (foneticheskie izmeneniya) va 
fonetik almashinuvlar (foneticheskie cheredovaniya)ga ajratgan holda birinchisi 
(vada – vodnыy so‘zlarida bir morfema ikki xil ifodalangan: vad – vod) faqat 
fonetik pozitsiya bilan bog‘liq bo‘lib, fonetik xarakter kasb etadi. Ikkinchisida esa 
(gnat – gonyat, nesti – nosit, lezt – lazit) o‘zak morfemalar variantlari o‘zaro 
boshqacha munosabatdadir. Bu o‘rinda variantlar fonetik pozitsiya bilan emas
balki grammatik (leksik, grammatik), so‘z yasalishi, leksik va boshqa shart-
sharoitlar bilan izohlanadi. 
O‘z navbatida, almashinuvlarni ham turlarga bo‘lish lozimligini ta’kidlaydi. 
Almashinuvda ma’lum grammatik pozitsiyada morfema ustiga qo‘yiladigan urg‘u, 
intonatsiya va boshqalar ham belgilovchi faktor bo‘lishi mumkin. Yuqorida 
ko‘rsatilgan almashinuvlardan faqat birinchisi morfonologik almashinuv bo‘lib, u 
morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Ikkinchi 
2
Трубецкой Н.С. Некоторые соображения относительно морфонологии // Пражский 
лингвистический кружок. – М., 1967. – С.115. 
3
Ахманова О.С. Фонология, морфонология, морфология. – М., 1966; Редькин Б.А. Построение 
раздела «Морфонология» // Основы построения описательной грамматики современного русского 
литературного языка. – М., 1966. – С.7 – 49; Макаев Э.А., Кубрякова Е.С. О статусе морфонологии 
и единицах её описания. // Единицы разных уровней грамматического строя и их взаимодействие. 
– М., 1969. – С.87 – 119; Бернштейн С.Б. Введение в слявянскую морфонологию // ВЯ. 1968. №4. – 
С.43 – 59; Лопатин В.В., Улуханов И.С. К соотношению единиц словообразования и 
морфонологии // Единицы разных уровней грамматического строя и их взаимодействие. – М., 
1969. – С.119 – 132; Кубрякова Е.С., Панкрац Ю.Г. Морфонология и описание языков. – М., 1983; 
Чурганова В.Г. Очерк русской морфонологии. – М., 1973.
4
Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 1984. – Б.69 – 
71; Закиев М.З. О тюркской морфонологии // Советская тюркология. 1984. №1. – Б.5 – 42; 
Грамматика современного башкирдского литературного языка. – М., 1981. – С.79 – 87. 


tipdagi almashinuvda allomrflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning so‘z 
yasalish bo‘limiga oidligi, uchinchisi esa supersegment almashinuv ekani aytiladi.
5
O.S.Axmanova morfonologiyaning o‘rganish ob’ektini ancha kengaytiradi. U 
morfonologiyani turli fonemalarning morfologik elementlarini hosil qilish uchun 
qo‘llanish prinsipini o‘rganuvchi fan sifatida talqin etadi. 
V.A.Redkin morfonologiya doirasini yanada kengaytiradi. Uning fikricha, 
morfonologiya bu so‘z strukturasi va fonema, prosodema terminlari bilan 
nomlanadigan, uni tashkil etuvchi komponentlar haqidagi ta’limotdir. U 
morfonologik vositalarga urg‘u, so‘z komponentlarining joylashish tartibi va 
qo‘shilish qoidalari, ularning variatsiya (almashinuv) qoidalari, interfiksatsiya va 
boshqa ayrim so‘zning tovush elementlarini kiritadi.
6
E.A.Makaev va Ye.S.Kubryakova morfonologiyani morfemalarning 
fonologik strukturasi haqidagi ta’limot deb hisoblaydilar. Morfonologiyaning 
bevosita o‘rganish ob’ekti morfonologik qatorlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar. 
Ye.S.Kubryakova yana bir boshqa asarida morfema qurilishidagi va bir 
morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanishlar hamda mazkur 
farqlanishlarning funksional maqsadda qo‘llanilishi morfonologiyanng o‘rganish 
ob’ektiga kirishini aytadi.
7
V.G.Churgunovaning fikricha, morfonologiya morfema va so‘z tarkibidagi 
fonemalarning tashkil topishi haqidagi ta’limotdir. U morfonologiyaning quyidagi 
muammolar bo‘yicha bahs yuritishi lozimligini ko‘rsatadi: 
1. Yetakchi va ko‘makchi morfemalarning shakllanishida xizmat qiladigan 
fonemalarning tartibi va tarkibi. 
2. Morfem birliklarning so‘z ichida birlashish jarayonida fonemalar tartibi va 
sostavining o‘zgaruvi (modifikatsiyasi). 
3. Bunday modifikatsiyalarning doimiy modellari va ularning so‘z yasalish va 
o‘zgarish sistemasidagi o‘rni. 
4. Tarkibidagi fonemalarga bog‘liq ravishda morfologik elementlarning 
tanlanish qonuniyati. 
G‘arb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xil qarashlar 
turkologiyada 
ham 
aks 
etmoqda. 
Xususan, 
«Sravnitelno-istoricheskaya 
grammatika tyurkskix yazыkov. Fonetika» kitobining fonomorfologiya bo‘limi 
Ye.S.Kubryakova konsepsiyasiga asoslangan. Boshqird tili grammatikasida esa 
agglyutinatsiya jarayonida o‘zak va affikslar oralig‘ida hamda kompozitsiya va 
reduplikatsiya jarayonida yasalish asoslari o‘rtasida yuz beradigan fonetik 
o‘zgarishlar morfonologiya predmeti hisoblanadi.
8
M.Zakiyev ham morfonologiyani morfemalarning fonologik strukturasini 
o‘rganuvchi ta’limot sifatida tushunadi. Shu bilan birga, turkiy tillar 
morfonologiyasiga bag‘ishlangan ishlarda turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lgan 
singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
9
5
Бернштейн С.Б. Кўрсатилган асар. – С.49 – 51. 
6
Редькин В.А. Кўрсатилган асар. – С.7. 
7
Кубрякова Е.С., Панкрац Ю.Г. Кўрсатилган асар. – С.108 – 112. 
8
Грамматика башкирдского литературного языка. – С.79. 
9
Закиев М.З. О тюркской морфонологии... – С.39. 


A.A.Reformatskiy esa birinchi bo‘lib turkiy tillar morfonologiyasi haqida fikr 
yuritib, qozoq va qirg‘iz tillaridagi singarmonizm hodisasini tadqiq qilar ekan, 
turkiy tillardagi unlilarning singarmonistik variantlari grammatik fakt darajasiga 
ko‘tarilmasligi, shuning uchun u morfonologiya doirasida emas, balki faqat 
fonetika doirasida o‘rganilishi lozimligini ta’kidlagandi. Lekin turkiy tillardagi 
morfemalar variatsiyalari ko‘p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan 
bog‘liq bo‘lgani tufayli singarmonizm hodisasini ham morfonologiya dorasida 
o‘rganish foydadan xoli emas. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin