LIRIK QAHRAMON – lirikadagi sub’ekt ko‘rinishlaridan biri, muallifning qalb kechinmalarini, o‘y-tuyg‘ularini ifodalash shakli (q. lirik sub’ekt). Terminning o‘ziyoq, ya’ni “qahramon” deyilishi Lirik qahramon shoirning real “men”i emas, balki uning asosida yaratilgan “men” ekanligini anglatadi.
MAHALLIY KOLORIT,joy koloriti – badiiy asarda muayyan hudud (mintaqa, viloyat va h.)ga xos turmush tarzi, urf-odatlar, sheva, peyzaj va sh.k.larni qayta yaratish. Mahalliy kolorit tasvirning haqqoniy bo‘lishiga xizmat qilishi bilan birga, ma’rifiy jihati bilan ham ahamiyatli, chunki u muayyan hududda yashovchi kishilar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.
MEMUAR (fr. memories – xotiralar, esdaliklar) – muallifning o‘tmishda o‘zi bevosita ishtirok etgan yoki shohidi bo‘lgan voqealar haqidagi xotiralari bayon qilinuvchi adabiy asar. Memuar asarlar o‘zining bayon yo‘sini, voqealarning syujetli tarzda berilmasligi, vaqt tartibiga rioyaqilinishi, faktografiklik xususiyatlari bilan kundaliklarga, materialning haqqoniyligi va to‘qimaning yo‘qligi jihatidan hujjatli-tarixiy ocherk, ilmiy biografiyalarga yaqin turadi.
MONOLOG (yun. monos – yakka, logos – so‘z) – yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda(turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda (publitsistika, memuarlar vah.) ham keng qo‘llanadi.
MODERNIZM- (fr. modeme - engyangi, zamonaviy) - XIX asroxiri - XX asr boshlarida ommalashgan termin, san’at va adabiyotda dekadansdan keyin maydonga chiqqan norealistik oqimlarning umumiy nomi sifatida tushuniladi
MIF- (yun. mythos - rivoyat, hikoya, masal) – xalq og‘zaki ijodi-ning eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar.
NATURALIZM -(lot. natura - tabiat) - tabiiy fanlar sohasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar ta’sirida XIX asrning 60-yillaridan boshlab Yevropa adabiyotlarida shakllangan adabiy yo‘nalish.
PROZA(lot. prosa - to‘g‘ri, odatiy) - hozirda keng qo‘llanuvchi ma’noda badiiy nutqning ikki asosiy tipidan biri, ritmik jihatdan o‘lchovli tartibga solinmagan nutq, nasr.
REALIZM (lot. realis - mavjud, haqiqiy) – adabiyotshunoslikda Realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda Realizm terminining ma’nosi badiiy asar (unda tasvirlangan badiiy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi.