ROMAN (fr. roman - "lotin tilida emas, roman tillaridan birida yozilgan" ma’nosida) – zamonaviy adabiyotda epik turning yirik hajmli janri.
ROMANTIZM (fr. romantique, ingl. romantic) – Yevropa adabiyotida XVIII asr oxiri - XIX asrning birinchi yarmida yetakchilik qilgan adabiy yo‘nalish.
STRUKTURALIZM(lot. structure - qurilish, joylashish) - XX asrdagi ikkita jahon urushi oralig‘ida shakllangan va 60-yillarga kelib keng ommalashgan yo‘nalish, ijtimoiy va gumanitar ilm sohalaridagit adqiqot metodi.
TANQIDIY REALIZM- XIX asrning o‘rtalarida maydonga kelgan adabiy yo‘nalish, ijodiy metod (q. realizm). FORMALIZM(lot. forma – tashqi ko‘rinish) – badiiy shakl va mazmunning uyg‘un birligi talabidan chekinib, shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirgan holda, unga badiiyatning bosh mezoni sifatida qarashda namoyon bo‘luvchi estetik tendensiya.
FORMAL METOD – adabiyotshunoslikdagi badiiy shaklni adabiyotning mohiyatini belgilovchi kategoriya sifatida tushungan nazariy yo‘nalish.
EPISTOLYAR ADABIYOT (yun. epistole - maktub, noma) – birovga maktub shaklida yozilgan adabiy yoki publitsistik asarlar
EPOPEYA(yun. epopoiia, ya’ni: epos - rivoya, hikoya va poieo -yaratmoq, ijod qilmoq) – hajman yirik, asosiga umumxalq ahamiyatiga molik problematika qo‘yilgan epik asar.
EPOS (yun. epos - rivoya, hikoya) - badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri.
PEYZAJ ( fr. paysage – joy, yurt) – adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq makon – interer) tasviri. An’anaga ko‘ra, Peyzaj deyilganda, tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki ,Peyzaj nafaqat tabiatni (agar bu so‘z ostida birlamchi tabiat tushunilsa), balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham ko‘zda tutadi. Shu ma’noda, masalan, biron-bir xiyobon yoki shahar ko‘chasining tasviri ham peyzaj holbuki, ular tabiat tasviri emas, joy tasviridir.