BAYT (ar. – uy) – Sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi. Har qanday ikki misra she’rning, garchi amaliyotda shunday hol kuzatilsa-da, Bayt deb atalishi to‘g‘ri emas. Chunki Bayt ritmik-intonatsion va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, ya’ni band maqomiga ega bo‘lishi lozim.
BAND –she’rning ritmik-intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy mustaqillikka ega bo‘lagi.
BARMOQ vazni – turkiy xalqlar she’riyatida keng tarqalgan she’riy vaznlar tizimi, so‘zlashuvda va ilmiy muomala amaliyotida “barmoq”, “barmoq vazni”, “barmoq sistemasi“, barmoq tizimi” kabi shakllarda ham ishlatiladi.
VAZN (ar. – o‘lchov) – konkret she’rda yuzaga chiquvchi ritmik hodisa, metr, o‘lchov.
JANR (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha
INVERSIYA(lot. inversion – ag‘darish, o‘rnini almashtirish) – gap bo‘laklarining odatdagi tartibini o‘zgartirish asosida yuzaga keluvchi sintaktik usul, stilistik figura.
INTONATSIYA (lot. intone – kuchli talaffuz etaman) – jonli nutqning ifodaviyligini ta’minlovchi asosiy omil, tilning fonetik vositalari (tovush toni, talaffuz tempi, tembr, pauzalar, melodika, mantiqiy va emfatik urg‘ular) majmui
IMPROVIZATSIYA (lot. improvisus - kutilmagan, birdan) – badiiy ijodning alohida bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda asar bevosita ijro jarayonida yaratiladi. (q. badiha, ekspromt). INTRIGA (lot. intrico, fr. intrigue – chalkashtiraman) – voqeaband asar
personajlarining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lidagi murakkab, tobora chigallashib boruvchi xatti-harakatlari, haqiqiy maqsadini yashirgan holda ishlatgan turfa hiylanayranglari. Odatda, bunday xatti-harakatlardan qarshi tomon bexabar qoladi, bu esa syujet voqealarining qiziqarli, asarning o‘qishli bo‘lishiga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, Intriga sarguzast tipidagi, avantyur syujet asosiga qurilgan asarlarda, ayniqsa, keng qo‘llaniladi. Intriga asar voqealarini, qahramonlar taqdirini chalkashtirib yuboradi, to‘qnashuvlarni kuchaytiradi, syujetning u yoki bu tomon rivojlanishiga turtki beradi.