O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə47/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

ICHKI MONOLOG – personajning moddiylashmagan, o‘ziga qaratilgan va ichidagina kechuvchi nutqi; badiiy psixologizmning bevosita shakli. Ichki monolog shartli ravishda inson ongida kechayotgan o‘ylov (his etish) jarayoni sifatida qabul qilinadi.
KOMPOZISIYA (lot. composition – tuzish, biriktirish) – badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan kontseptsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish printsiplaridir.
KONTRAST (fr. contraste – keskin qarama-qarshi qo‘yish) – badiiy adabiyot va san’atning boshqa turlarida tasvirlanayotgan narsa-hodisalarni bir-biriga keskin qarshi qo‘yishga asoslangan badiiy usul. Kontrast tasvirlanayotgan narsani bo‘rttirib, qabartirib ko‘rsatish imkonini beradi, badiiy usul sifatida qadimdan qo‘llanib keladi. Kontrast badiiy asarning barcha sathlarida (til, syujet, xarakter va sharoit,kompozitsiya) namoyon bo‘lishi, unda zidlash oshkora yoki pinhonaamalga oshirilishi mumkin.
KONFLIKT (lot. conflictus – to‘qnashuv) – personajlarning asar syujetida badiiy ifodasini topadigan o‘zaro to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar. Konflikt termini an’anaviy tarzda ko‘proq epik va dramatik asarlarga nisbatan qo‘llanadi. Chunki ular voqeaband syujetga ega bo‘lib, tasviriydinamik san’at turlari sanaladi, ya’ni ularda rivojlanib boruvchi voqealar silsilasi – makon va zamonda kechuvchi harakat qalamga olinadi. Syujet voqealardan, voqealar esa personajlarning xatti-harakatlari, o‘zaro murakkab munosabatlari, ziddiyatlaridan tarkib topgani sababli hamhayot ziddiyatlarini umumlashtiruvch i voqealar tizimi sifatida ta’riflanadi.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin