“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98
mirzayeva z metodika

asar mohiyati bilan bog„liq 
savollarni
о‗rtaga tashlash jarayoni aqliy hujum shaklida tashkil qilinishi mumkin. 
Masalan, ―Sizningcha, komil inson bо‗lish uchun qanday fazilatlarga ega bо‗lish 
lozim?‖, ―Inson bu hayotda komillikka erishishi mumkinmi?‖ singari savollarni 
о‗rtaga tashlash о‗quvchilarda asarni о‗qishga bо‗lgan motivatsiyani kuchaytirishga 
yordam beradi. Bunday yо‗naltiruvchi savollarning о‗ziga xos xususiyati shundaki, 
asar bilan tanishgandan keyin ham ularga qaytib, о‗quvchilarning asarni о‗qish 
natijasida bu savollarga munosabati о‗zgargan-о‗zgarmaganliini solishtirish mumkin, 
bu esa о‗quvchilarda refleksiya (о‗z tajribasi haqida chuqur mushohada yuritish) 
kо‗nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xulosa о‗rnida shuni qayd qilish mumkinki, jahon pedagogikasi, pedagogik 
psixologiyasi va metodikasi yutuqlaridan adabiyot darslarida unumli foydalanish 
о‗quvchilarda milliy adabiyotimizdagi hajm, janr va mavzu jihatdan rang-barang 
asarlarni, jumladan, Navoiy singari mumtoz adabiyotimiz daholari ijodini yaxshiroq 
anglashga, his qilishga, о‗rganilayotgan asarlar yuzasidan fikrlashga yordam beradi. 
 


Savol va topshiriqlar 
1.
 
Faol o‗qish modeli kitobxonga asarni idrok qilishda qanday yordam berishi 
mumkin? Fikringizni aniq misollar bilan izohlang. 
2.
 
Faol o‗qish modelining turli janrlardagi asarlar (nasr, nazm, drama) bilan 
qo‗llanilishidagi farqlari nimalarda namoyon bo‗ladi?
3.
 
Mutolaa jarayoning ilmiy nazariy asoslari haqida nimalarni bilib oldingiz? 
An‘anaviy, kognitiv va meta kognitiv qarashlarning asoslari nimalardan iborat? 
4.
 
Adabiyot darslarida lirik asarlar, xususan, mumtoz she‘riyat bilan ishlashda 
qanday muammolar va to‗siqlar yuzaga kelishi mumkin? Bu muammo va 
to‗siqlarni bartaraf qilish uchun qanday strategiyalarni tavsiya qila olasiz? 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin