O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


BO‘SM yengil atletika mashg‘ulotlari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə19/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
21-

BO‘SM yengil atletika mashg‘ulotlari. O‘quvchilar yoshiga, sport-texnik va umumjismoniy tayyorgarligiga qarab o‘quv guruhlariga taqsim qilinadi: tayyorlov guruhi, o‘smirlik, kichik o‘spirinlik, katta o‘spirinlik va sport mahoratini oshirish guruhlari. Bolalar sport maktabining umumiy vazifalariga qarab har bir guruhning ish vazifasi aniqlanadi. Tayyorlov guruhida shug‘ullanuvchilar organizimini har tomonlama rivojlantirish va sog‘lig‘ini mustahkamlash, yengil atletika turlarining texnikasini o‘rganish, o‘smirlar guruhida nazrat me’yorlarini topshirishga tayyorlanish va musobaqalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lish, o‘spirinlar guruhida taktika–texnikani takomillashtirish bilan birgalikda, trenirovka vazifalari ham hal etiladi. Kattalar guruhida-yuqori sport natijalariga erishish rejalashtiriladi.
Yengil atletikachilar trenirovkasining rejasi. Yosh yengil atletikachilar trenirovkasining vazifalari kattalar trenirovka vazifalaridan ancha farq qiladi. Bu davrda turli xildagi jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilar organizimining yaxshiroq shakilanishi va rivojlanishiga yordam berishi kerak. Sog‘lom, har tomonlama jismoniy yetuk yosh yengil atletikachilar keyinchalik sport ixtisosini egallab, yaxshi muvaffaqiyatlarga erisha oladilar. Yosh sportchilar o‘sgan, sari, ularning trenirovkalari kattalar trenirovkasiga yaqinlashaveradi. Yosh sportchilar uchun bir necha yillik reja tuzatayotganda, o‘smirlar va bolalarning kuchni va chidamliligini ataylab rivojlantirish o‘rinsiz ekanligini esdan chiqarmaslik zarur. Ayni vaqtda, ularning yosh chog‘ida, tezkorlikni rivojlantirish yaxshiroqdir. Yosh yengil atletikachi keyingi yillarda yuqori natijalarga erishish uchun, tanlagan yengil atletika turida mumkin qadar ko‘proq harakat malakalari orttirib, texnikani imkoniyati boricha ko‘proq egallashi kerak. Trenirovkaning ko‘p yillik rejasini tuzaayotganda, yosh yengil atletikachilarning texnikaviy tomondan kamolatga erishuv zarurligini ham e’tiborga olish kerak. Yosh yengil atletikachi shug‘ullanayotgan jismoniy mashqlar xilma-xil bo‘lsa, harakat tajribasini ko‘proq to‘playdi, harakatlarni boshqara olish qobilyati ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Sport trenirovkasining ko‘p yillik rejasida musobaqalar ham muhim rol o‘ynaydi. Rejada trenirovkaning ko‘p yillik yo‘li va har yilgi vazifasi aniqlanishi zarur.
Yosh yengil atletikachilarning trenirovkalarida yengil atletikaning barcha turlarini keng qo‘llash kerak. Yosh yengil atletikachilar trenirovkasining ko‘p yillik rejasidagi asosiy vazifa quydagilardan iborat:

  1. Har tomonlama jismoniy rivojlanish va sog‘liqni mustahkamlash; gavdaning barcha muskularini garmonik rivojlantirish, yurak-qon tomir va nafas olish sistemalarini mustahkamlash, organ va sistemalarining funksional qobiliyatlarini yaxshilash, kuch, tezkorlik, egiluvchanlik va epchillikni rivojlantirish.

  2. Harakatlarni tez va ketma-ket bajara olish qobiliyatini rivojlantirish. Bunga eng avvalo qisqa masofalarga yugurish va o‘yinlar yordamida erishiladi. Ko‘proq lapta, shaybali xokkey, basketbol o‘yini, shuningdek, g‘ovlar osha yugurish va sakrashlar tavsiya qilinadi.

  3. Yengil atletikaning asosiy turlari texnikasini, maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlar, basketbol, akrabatik mashqlar shtanga ko‘tarishlarning texnikasini egallash.

  4. Yosh yengil atletikachilarning keyinchalik ixtisoslanishi mumkin bo‘lgani sababli, ularga texnikani chuqurroq o‘rgatish uchun yengil atletikaning 2-3 turini tanlash.

  5. Alpomish va Barchinoy normativlarini topshirishga tayyorlanish.

Yengil atletika turlarining soddalashtirilgan texnikasiga o‘rgatishni 12 yoshdan boshlash kerak. Maxsus trenirovkalar boshlashga ikki yilcha qolganda, o‘quvchining sport iste’dodini aniqlash va shunga qarab ularni bo‘lajak ixtisosga tayyorlab borish kerak. Tanlab olingan yengil atletika turida yuqori natijalarga erishish uchun maxsus trenirovkani qisqa masofalarga yugurish, o‘rta masofalarga yugurishda 17 yoshdan, o‘nkurashda-18 yoshdan boshlash tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda jismonan yaxshi rivojlangan va drust tayyorlangan o‘spirin va qizlar maxsus trenirovkalarni barvaqtroq boshlashlari mumkin. Maxsus trenirovkalar boshlashga ikki yilcha qolganda, o‘quvchining sport iste’dodini aniqlash va shunga qarab ularni bo‘lajak ixtisosga tayyorlab borish kerak.
O‘rta masofalarga yosh yuguruvchilarning tayyorgarligini 4-6 yil oldin rejalashtirish tavsiya etiladi. Shu sababli dastlabki ikki yilda 100 va 200 metrga, keyingi 1-2 yilda 400 metrga yugurish natijalarini yaxshilagandan so‘ng 800 va 1500 m ga maxsus trenirovka qilishga o‘tish mumkin. Yosh sportchilarning iroda va xarakterini tarbiyalashda oyda 2-3 marta musobaqalarga qatnashib turish foydalidir. Shu maqsadda trenirovka mashg‘ulotlarida musobaqalashuv metodlaridan keng foydalanish kerak. 15-17 yoshli sportchilar trenirovkasini rejalashtirish uchun to‘rt yillik davrni belgilash tavsiya qilinadi. U davrning oxirgi yildagi muhim musobaqalarda ko‘rsatiladigan eng yuqori sport natijalarini oldindan ko‘zda tutishi kerak.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin