O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


Yengil atletikada quyidagi yosh guruhlari belgilangan



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə17/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
21-

Yengil atletikada quyidagi yosh guruhlari belgilangan:
Tayyorlov guruhi-11-12 yosh;
Kichik o‘spirinlik guruhi-13-14 yosh;
O‘rta o‘spirinlik guruhi –15-16 yosh;
Katta o‘spirinlik guruhi –17-18 yosh;
Bundan guruhlarga bo‘linish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Jismoniy tarbiya insituti belgilagan yosh jihatdan davrlanishiga asoslangan.
Bolalar bilan yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Bolalar bilan o‘tkaziladigan yengil atletika mashqlari mashg‘ulotlari kattalarnikidek tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. To‘g‘ri, o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari ham bor; masalan, dars muddati oz, nagruzka hajmi va shiddati kichik. Bolalik va o‘smirlik yoshida harakat analizatorlari funksiyasining takomillashuvi bilan harakat malakalarini o‘rganish qobiliyatiga ega. Shuning uchun barvaqt o‘rgatishni to‘g‘ri va ancha ratsional texnika bilan boshlash kerak. To‘plangan malakalar va bilim kattaroq bo‘lganda texnikani muvaffaqiyatli takomillshtirishga yordam beradi.
Tezkor yugurish ko‘pgina yengil atletika mashqlarining tarkibiy qismidir. O‘yinlarga taalluqli bo‘lgan yugurish elementlari kichik va o‘rta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosiy o‘rin tutadi. 12-13 yoshda harakat tezligini oshirish nerv jarayonlarining harakatlarini takomillashtirish uchun eng qulay sharoit vujudga keladi. Tez yugurish mashqlari ayni vaqtda yengil atletikaning boshqa turlaridagi harakatlarni yaxshiroq egallashga yordam beradi. Yugurish texnikasini o‘rgatishda harakatlarning tabiiyligi va yengilligini saqlab qolish va oyoq uchida yugurishga o‘rgatish muhim. Qisqa masofalarga yugurishda ortiqcha zo‘riqish sezilish bilanoq, mashqni to‘xtatish orqali yugurishda yengil harakatga erishiladi. Yugurish vaqtida gavdani to‘g‘ri holatda saqlashga e’tibor berish kerak. Yerga oyoqni “ovozsiz” qo‘yish yengil yugurish qadamlarini hosil qilishga yordam beradi.
Bolalarni tez yugurishga o‘rgatayotganda, yugurishlarning tezligini asta-sekin oshirish kerak. Tezlashib boradigan yugurish buning uchun eng yaxshi mashqdir. Tezlashib boradigan yugurish masofasi va ularning darsdagi miqdori o‘quvchilarning yoshiga, jinsiga va tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. O‘rgatishning dastlabki bosqichlarida juda yuqori tezlikda yugurib o‘tish tavsiya qilinmaydi. O‘quvchilar kuchanmay tez yugurishni qanchalik o‘zlashtirganiga qarab 10 metr va bundan ortiq qismda imkon boricha tez yugurishlar mumkin. Harakatlarda ortiqcha kuchanish va tanglik sezilish bilan tezlikni pasaytirish darkor. Shu bilan birgalikda, faqat tezlashib boradigan yugurish bilan chegaralanmaydi, chidamkorlikni ham rivojlantirib borish kerak.
16-18 yoshda 20 sek dan 3-4 min gacha davom etadigan mashqlarda masxus chidamlilikni hamda 1 soatgacha davom etadigan mashqlar orqali umumiy chidamlilikni rivojlantirishga o‘tadilar. Masofaning turli bo‘laklarini belgilangan tezlikda qayta-yugurib o‘tish ayrim bo‘laklarni turli tezlikda o‘tish bilan bog‘liq takroriy va almashlab yugurish bilan almashib turiladi. 100-200-300 mga turlicha yugurishning trenirovkaga kiritilishi mashqni tobiga keltirishga yordam beradi.
Turli xil to‘siqlardan o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni qo‘llash, g‘ovlarni zabt etish texnikasini yaxshiroq egallashga yordam beradi. 12-13 yoshli bolalarni g‘ovlardan oshishga o‘rgatayotganda, birinchi navbatda tezlikni, egiluvchanlikni, harakatlar koordinatsiyasi va ritimini rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llash kerak. G‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatish to‘siqlarni zabt etishni o‘rgangandan keyin boshlanadi. Dastlabki paytda 50-60 sm balandlikdagi g‘ovlar bir-biridan 6-6,5 m masofada qo‘yiladi. Bunda ular orasini uch qadamda yuugurib o‘tish mumkin bo‘lsin.
Bolalarni ko‘proq balandlikka va uzunlikka sakrash qiziqtiradi. Sakrashlarni o‘rgatishdan oldin yerdan depsinuvchi oyoqni aniqlashni o‘rgatish zarur. 12-13 yoshli o‘quvchilarga depsinishni yugurib kelish bilan bog‘lab bajarishni o‘rgatish mumkin. Yugurib kelib uzunlikka sakrashga o‘rgatish, avvalo, tez yugurib kelishni to‘g‘ri depsinish bilan bog‘lab bajarishdan boshlanadi va uchish vaqtida muvozaantni saqlash va yumshoq ko‘nikishga e’tibor beriladi. O‘quvchilar dastlab uzunlikka “oyoqlarni buklab” sakrash usulini o‘rganadilar. Keyinchalik uzunlikka sakrashda malaka hosil bo‘lishiga qarab, “qaychi” usulida sakrashga o‘tiladi.
Uch hatlab sakrash jismoniy mashg‘ulotlarida ham qo‘llaniladi. Boshda o‘quvchilar yengil narsalarni uloqtirishga o‘rganadilar, keyin esa zamonaviy uloqtirish asboblarini uloqtirishni o‘rganishga o‘tadilar. Granata otish, uni ushlash va joydan turib otishni o‘rgatishdan boshlanadi. Keyin bir qadamdan otish va yuugurib kelib otish o‘rgatiladi. Har qanday otishni o‘rgatish mana shu tartibga asoslanib olib boriladi. Nayza otishda granata otish texnikasini o‘rganish ko‘p yordam beradi. Aksincha ham bo‘lishi mumkin. Nayza otishga o‘rganish uni to‘g‘ri tutish va uloqtirish uchun dastlabki turishdan boshlanadi. Yadro otishga o‘rgatishdan oldin, yadro og‘irligini o‘zlashtirib olish uchun turli xil maxsus mashqlarni o‘rgatish kerak. Disk uloqtirishga o‘rgatish uni ushlash va silkishlardan boshlanadi. Keyin joydan turib uloqtirishga o‘tiladi. Diskni burilib uloqtirishdan oldin disksiz burilishiga o‘rgatib, xarakatlarning silliq va yaxlit bajarilishiga e’tibor berish kerak.
Yosh yengil atletikachilarning kuchini yengil shtanga va toshlar bilangina rivojlantirish mumkin emas. Ularning kuch tayyorgarligi uchun akrobatika, kurash, qayiq haydash va boshqa mashqlardan ko‘proq foydalanish kerak. Yosh yengil atletikachilarining jismoniy tayyorgarligi darajasini tezkorlik, kuch-quvvat va chidamlilikni aniqlaydigan quyidagi kontrol sinovlar orqali bilish mumkin.
A) pastki va yuqori startdan 30 va 60 m ga yugurish.
B) turgan joydan uzunlikka sakrash.
V) ikkala oyoq bilan depsinib yuqoriga sakrash.
G) dinamometr orqali asosiy kuchni o‘lchash.
D) oyoqlarni to‘g‘ri burchak ostida bukib, qo‘llarda osilish.
Ye) chidamlilik uchun yugurish: 13 yoshli o‘g‘il bolalar –300 m, 13-14 yoshli qiz bolalar-300 m, 14-16 yoshli o‘g‘il bolalar- 600 m, 17-18 yoshli o‘spirinlar –800 m, 15-18 yoshli qizlar- 600 m.
Bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarning yosh xususiyatlari hamda yosh organizimga yengil atletika ayrim mashqlarning ta’sirini hisobga olib, yosh yengil atletikachilarining musobaqadagi nagruzkalarining yo‘l qo‘yiladigan normalari ham har hil bo‘ladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin