O`zbek tilining boyish manbai


«O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI»



Yüklə 24,45 Kb.
səhifə4/7
tarix20.10.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#158116
1   2   3   4   5   6   7
O`zbek tilining boyish manbai-fayllar.org

«O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI»
«O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so`zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:




  1. Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra).



  2. darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko`ra).


«O`ZBEK TILINING TALAFFUZDOSH SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»
«O`zbek tilining talaffuzdosh so`zlar o`quv izohli lug`ati» T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`atda talaffuzdosh so`zlarning quyidagi ko`rininshlari farqlanadi:
1. So`z oxiridagi yasovchi qo`shimchada: borlik-borliq, bo`shlik-bo`shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo`qlik-yo`qliq.
2. So`z o`rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.
3. So`z o`rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,
4. So`z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.
5. So`z o`zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.
6. So`z boshidagi unli tovushlarda: abro`-obro`, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.
7. So`z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;
8. So`z o`rtasidagi unlining cho`ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.
9.So`z o`rtasida bir undoshning bor-yo`qligida: bo`yincha-bo`yicha, ziyrak-zirak.
10. So`z oxirida undoshning tushib qolishida: go`sh-go`sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.
11.So`z o`rtasida bir unlining bor-yo`qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.
12. So`z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so`zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko`klik-ko`hlik.
Lug`at 1500 dan ortiq so`zni qamrab olgan va har bir so`zga izoh berilgan.



Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin