O`zbek tilining boyish manbai


«O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI»



Yüklə 24,45 Kb.
səhifə2/7
tarix20.10.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#158116
1   2   3   4   5   6   7
O`zbek tilining boyish manbai-fayllar.org

«O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI»
«O`zbek tilining izohli lug`ati» – o`zbek tilida istemolda bo`lgan o`z va o`zlashma so`zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug`at turi. Hozirga qadar ikki marta o`zbek tilida izohli lug`at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so`z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so`z va so`z birikmasi izohlangan.


«O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»
«O`zbek tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so`z hamda o`zlashma so`zlar aniqlangan.
Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.


«O`ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG`ATI»
O`zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O`zbek tilining orfoepik lug`ati» 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O`zbek adabiy talaffuz lug`ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan.

«O`ZBEK TILINING SO`Z TARKIBI O`QUV LUG`ATI»
«O`zbek tilining so`z tarkibi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so`zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.

«O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI»
«O`zbek tilining so`z yasalishi o`quv lug`ati» – maxsus, o`ziga xos lug`at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O`.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`at yasama so`zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so`zidan beshta yangi so`z va bu yangi so`zdan yana beshta boshqa yangi so`z hosil bo`lganini ko`rishimiz mumkin:



amal 

amal-dor  amaldor-lik

amal-iy 



amaliy-ot






Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin