O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida yosh


III Bob. Don va don mahsulotlarining fizik xossalari



Yüklə 244,65 Kb.
səhifə4/17
tarix19.12.2023
ölçüsü244,65 Kb.
#185429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90 yillarning boshla (4)

III Bob. Don va don mahsulotlarining fizik xossalari. 

3.1. Donining ifloslanganlik darajasi va donni tozalash. 
Don yig‘ishtirib olingandan so‘nggi jarayonlarda asosan donning namligi
yashovchanligi, zararkunandalar bilan zararlanishi, unuvchanligi hisobga olinadi.
Bundan tashqari donda begona o‘t don aralashmalarning bo‘lishi donni sifatini 
buzilishiga olib keladi. Ko‘pchilik begona o‘tlar bug‘doy bilan birga pishib yetilib,
ularning vegetativ massasi va donlari donga aralashib ketadi va uning 
ifloslanishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun donni tayyorlashda avvalo
laboratoriyada tekshirilib, uning sifat ko‘rsatkichlari belgilanadi. Bu sifat 
ko‘rsatkichlarni aniqlash Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti
Qashqadaryo filialining “Donning sifat ko‘rsatkichlari laboratoriyasi”da olib 
borildi va uning tahlil natijalari belgilanadi.
2-jadval 
Donning ifloslanganlik darajasi
Variantlar 
Tozaligi, % 
Begona
aralashmalar 
miqdori, %
Begona o‘t doni 
aralashmasi, 1
kg donlik donda 
Gerbisidsiz (nazorat)
91,8

8,2
137

Granstar 15 gr/ga
96,9

3,1
75


Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, nazorat variantida iflos aralashmalar va begona 


o‘t donlarining aralashmalari gerbitsid qo‘llanilgan variantga nisbatan sezilarli
darajada yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. 
Nazorat variantida begona aralashmalar miqdori 8,2% ni, begona o‘tlar
donlari 1 kg donda 137 donani tashkil etgan bo‘lsa, gerbitsid qo‘llanilgan variantda 
esa ushbu ko‘rsatkichlar ancha past bo‘lishini, begona aralashmalar 3,1%, begona
o‘tlar donlari soni esa 75 donani tashkil etdi. 
Shunday qilib kuzgi bug‘doy dalasida begona o‘tlarning ko‘p bo‘lishi
donning ifloslanishiga olib keladi. Begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarning 



qo‘llanilishi bug‘doy donining tarkibidagi iflos aralashmalar va begona o‘t donlari
miqdoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi hamda sifatli don hosili olishga imkon beradi. 
Don massasini saqlash samaradorligini oshirish uchun tozalash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning kompleks qo‘llanishi don massasining 
miqdor va sifat jihatdan qoniqarli saqlanishini ta’minlaydi. Donning
saqlanuvchanligini oshirish uning tarkibidagi begona va donli aralashmalar 
miqdorini, zararkunandalarning mavjudligini va donning fizik hamda fiziologik
xususiyatlarini chuqur bilishni, kechadigan jarayonlarni muntazam ravishda 
aniqlab borishni, mavjud chora-tadbirlar kompleksini o‘z vaqtida sifatli
o‘tkazilishini taqozo qiladi. 
Don massasini o‘z vaqtida turli xil begona aralashmadardan tozalash uning
saqlanuvchanligini oshiruvchi muhim tadbir hisoblanadi. Don massasidagi begona 
aralashmalar organik va mineral xarakterga ega bo‘lib, ular ayrim fizik hamda
fiziologik xususiyatlari jihatdan ancha faol bo‘lganligi uchun dondagi kechadigan 
fiziologik jarayonlarning jadalligini ancha oshiradi hamda donni qayta ishlash
mahsulotlari (un va yormani) sifatining pasayishiga olib keladi. Dondagi begona 
aralashmalar mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi.
Don begona aralashmalardan turli o‘lchamdagi va shakldagi teshiklari bor 
elaklar bilan jihozlangan don tozalash mashinalarida tozalanadi. Elaklar g‘alla
ekinlarining turiga, donning ishlatilish maqsadiga va aralashmalarning miqdoriga 
qarab tanlanadi. Xo‘jaliklarda don massasidagi begona aralashmalarning miqdori
va tarkibi aniqlanib, keyin uni tozalash sxemasi tuziladi va mashinalarning ishlash 
rejimi aniqlanadi.
Barcha don tozalash va saralash mashina-mexanizmlarning ishlash qonuniyati 
donlarning shakliga va katta-kichikligiga asoslangan bo‘lib, donni shamol va
g‘alvirlar yordamida saralovchi, don hamda boshqa donlarni uzunligi bo‘yicha 
saralovchi trenerlar, g‘alvirlar, shamol va trierlar yordamida tozalaydigan va
saralaydigan mashinalarga bo‘linadi. 
Donni shamol va g‘alvir yordamida turli aralashmalardan tozalaydigan va
saralaydigan mashinalar don shopirgich-saralagichlarda amalga oshiriladi. Amalda 



VS-2, VS-8, va VS-10 markali don shopirgich-saralagich mashinalari qo‘llaniladi.
Bu mashinalarning ishlash qonuniyati bir xil, ular bir-biridan ish unumi, g‘alvirlar 
soni, uzellarning tuzilishi va o‘lchamlari bilan farqlanadi. Don aralashmasi
bunkerdan surma qopqoqli darcha orqali mashinaning tepa qismidagi birinchi 
g‘alvirga tushadi. Ventilyatordan chiqayotgan havo oqimi g‘alvirga tushayotgan
dondagi engil aralashmalarni mashina tashqarisiga uchirib chiqaradi. Yirik 
aralashmalar (boshoq, somon, kesak, temir, tosh parchalari) esa yuqori g‘alvirdan
tarnovlar orqali mashinaning ikki tomoniga tushadi. Qolgan don g‘alvir 
teshiklaridan o‘tib, yonma-yon joylashgan pastki g‘alvirlarga to‘kiladi. Butun don
g‘alvir yuzasida qolib ikkinchi g‘alvir tomon siljiydi. Bu g‘alvirda don ikki sortga 
ajraladi. Ikkinchi sorti g‘alvir teshiklaridan o‘tib, mashina ostiga to‘kiladi, birinchi
sorti esa g‘alvir yuzasida qolib, boshqa tomonga tushadi. 
Hozirgi vaqtda don tozalash va saralash mashinalarining ancha
takomillashgan OS-4,5A, OVS-YUV, OVP-20 markali xillari chiqarilmoqda. OS-
4,5A markali mashinada tozalanadigan don transportyor orqali qabul bo’lmasiga,
undan bir meyorda shamol oqimiga uzatiladi. Don shamolda yengil 
aralashmalardan tozalanib, g‘alvirlarga tushadi va o‘lchamlari bo‘yicha saralanadi.
Donni turli o‘lchamdagi aralashmalardan ajratish uchun u trierga uzatiladi. 
Tozalangan don transportyor orqali tashqariga chiqariladi. Mashina soatiga 4,5 t
don tozalaydi. 
Oziq-ovqatga, yemga va texnik maqsadlarda ishlatiladigan don massasi
tarkibida bir qator begona o‘tlarning doni, jumladan kakra, mastak, kampirchopon, 
gandamiya kabilarning bo‘lishi davlat standartida ruxsat etilmaydi. Ayniqsa, don
massasi tarkibidagi randak doniga alohida ahamiyat beriladi. Uning agrotema turi 
g‘alla ekinlari ichida o‘sadi. Donining tarkibida zaharli modda (5,6% gacha
saponin moddasi bor) bo‘lganligi uchun bu don aralashgan don unidan 
tayyorlangan oziq-ovqat yoki yem-xashak kishilarni va hayvonlarni kasallantiradi.

Yüklə 244,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin